JINOYAT ISHLARINI TERGOV QILISHDA MUTAXASSISNING PROTSESSUAL MAQOMI

Rashidov Bexzod Nurboevich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi boshligʻi, professor, yuridik fanlar doktori (DSc)

Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida huquqiy maqom, shaxslarning huquqiy holati, muomala layoqati, huquqiy layoqati hamda mutaxassisning jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatidagi huquqiy maqomi tushunchasi va jinoyat protsessida mutaxassisning dalillarni aniqlash, topish, qayd etish, olib qoʻyish, toʻplangan dalillarni tekshirish jarayonidagi huquqiy holati, mutaxassis va ekspertning huquqiy maqomidagi farqlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, odil sudlovga erishish uchun maxsus bilimlardan foydalanish, isbot qilish jarayonida ularning tutgan oʻrni, jinoyatchilikka qarshi kurashishda unumli foydalanish usullari, bu borada huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish zaruriyati, mutaxassislarga topshirilishi mumkin boʻlgan tergov harakatlari, jinoyat protsessida huquqiy layoqat va muomala layoqati oʻzaro mos keluvchi subyektlar, jinoyat-protsessual munosabatlarda mutaxassisning huquqiy maqomining qanday tartibda amalga oshirilishi, jalb qilish tartiblari, mutaxassislar oʻz vazifalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, ularning yechimi, tartibga solish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, mutaxassis huquqiy maqomi yuzasidan dalillarni toʻplash, qayd etish va tadqiq qilish bilan bogʻliq ayrim nazariy va amaliy muammolar, jinoyat protsessida mutaxassis huquqiy maqomi yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berib oʻtilgan va nazariy taʼriflari boʻyicha ham takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
maqom, shaxs maqomi, huquqiy maqom, huquqiy holat, muomala layoqati, huquqiy layoqat, mutaxassis huquqiy maqomi, jinoyat protsessi.
Iqtibos uchun
For citation: