SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGI HUQUQI TUSHUNСHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI
Madiyev Faxriddin Xoshim oʻg‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi tushunсhasi va uning huquqiy tabiati nazariy tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat hayotida raqamli texnologiyalarning keng joriy qilinishi fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash borasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Shu bois shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi tushunchasini konseptual, ilmiy-metodologik jihatdan oʻrganish, tahlil etish lozim. Insonning yashash huquqi, uy-joy daxlsizligi, yozishmalar siri, vijdon erkinligi kabi tabiiy huquq va erkinliklar davlat tomonidan berilmaydi, balki tugʻilganidanoq shaxsga tegishli hisoblanadi. Har bir shaxsning oʻz sifatlariga ma’naviy-axloqiy baho berishga boʻlgan huquqini uning shaxsiy huquqi sifatida baholasak, subyektiv xususiyatga ega hisoblanadi. Shu bois uning qadr-qimmati va obroʻ-e’tibori jamiyatdagi ijtimoiy fikr bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi ham mumkin. Maqolada “shaxsiy hayot”, “shaxsiy hayot daxlsizligi”, “shaxsiy hayot daxlsizligining funksiyalari va vazifalari” kabi tushunchalar tahlil qilindi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi hamda huquqshunos olimlarning shaxsiy hayot daxlsizligiga oid yondashuvlari o‘rganilib, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini kompleks tahlil qilish, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga mualliflik tarifi ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
shaxsiy hayot, shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining prinsiplari, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqining vazifa va funksiyalari, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi.
Iqtibos uchun
For citation: