ZARURIY MUDOFAA CHEGARASIDAN CHETGA CHIQIB VA KUCHLI RUHIY HAYAJONLANISH HOLATIDA QASDDAN ODAM O‘LDIRISHNING FARQLI JIHATLARI

Hakimov Komil Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishning farqli jihatlari yoritilgan. Maqolada ikki vaziyatga, birinchidan, rashk nafaqat er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, balki u kengroq doiradagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham tegishli tushuncha ekanligi hamda rashk hissi ota-ona va farzandlar yoki boshqa qarindoshlar yoxud unashtirilgan yigit va qiz yoki bir-birini sevganlar o‘rtasida ham vujudga kelishi mumkinligi borasidagi fikrlar tahlil etilgan. Ikkinchidan, muallif o‘z fikrini davom ettirib, maqolada rashk haqida fikr yuritayotgan ba’zi olimlar ushbu tushunchani xiyonat yoki bevafolik bilan bog‘lashga harakat qilayotganini ta’kidlaydi. Shuni ham hisobga olish kerakki, er-xotin o‘rtasidagi xiyonat nafaqat xiyonat, balki boshqa bir odam bilan quchoqlashish yoki unga sevgi izhor qilish bilan ham bog‘liq bo‘lishi va rashkni vujudga keltiruvchi juda ko‘p holatlar mavjudligini inobatga olish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, JKning 98-moddasi bo‘yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishda muallif rashk tufayli kelib chiqqan kuchli ruhiy hayajonlanish holati to‘satdan va keskin yuz berganligiga e’tibor qaratishning ahamiyatini asoslaydi.
Kalit so'zlar
affekt, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish, kuchli ruhiy hayajonlanish, qasddan odam o‘ldirish, jinoyat, jazo, javobgarlik.
Iqtibos uchun
For citation: