MAʼMURIY SUD ISHI YURITUVIDA KELISHUV BITIMI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM NAZARIY VA AMALIY MASALALARI

Jurayev Sherzod Yuldashevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-833-sonli qonuni asosida Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga 151-bobning kiritilishi munosabati bilan “Kelishuv bitimi” instituti tahliliga bagʻishlangan. Xususan, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan taraflar oʻrtasida “kelishuv bitimi”ni tuzishga oid normalarning Germaniya, Fransiya va Rossiya kabi xorijiy davlatlar sud amaliyotida qoʻllanilishiga oid tahlillar olib borildi. Bundan tashqari, kelishuvning vositachilar ishtirokida tuzilishi, yaʼni mediatsiya instituti tushunchasi, uning turli davlatlar qonunchiligida ishlatilishi va oʻziga xos xususiyatlari tadqiq etildi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksning 151-bobidagi “kelishuv bitimi” instituti tushunchasi, oʻziga xos xususiyatlari oʻrganilib, Germaniya Maʼmuriy sudi toʻgʻrisidagi qonunda kelishuv bitimi bilan taqqoslangan holda, milliy qonunchiligimizga asoslantirilgan takliflar shakllantirildi. Tadqiqot davomida mediatsiya va kelishuv bitimi tuzish bilan bogʻliq xalqaro davlatlar tajribasidagi qonunchilikdan kelib chiqib, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 3-moddasiga oʻzgartirish kiritish va uni 2 ta yangi modda bilan toʻldirish haqida tegishli takliflar berildi.
Kalit so'zlar
kelishuv bitimi, kelishuv, vositachilik, mediatsiya, taraflar kelishuvi, kelishuv bitimini oʻzgartirish va bekor qilish, kelishuv bitimining sir tutilish prinsipi.
Iqtibos uchun
For citation: