OʻZBEKISTONDA SUD PRETSEDENTI: HUQUQIY ANIQLIK VA STARE DECISIS DOKTRINASI

Xodjayev Baxshillo Kamolovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor v. b., yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston sharoitida sud pretsedentini qoʻllash istiqbollari muhokama qilingan. Anglo-sakson va romano-german huquq oilalariga mansub xorijiy huquq tizimlari misolida qiyosiy tahlil va tadqiqot ishlari olib borilgan. Oʻzbekiston Respublikasida “yozma huquq” tizimi amal qiladi hamda Buyuk Britaniya va AQSh huquqiy tizimlaridan farqli ravishda, bu sud pretsedenti tizimi huquqiy ahamiyatga ega emas, yaʼni maʼlum bir ish boʻyicha qabul qilingan sud qarori boshqa xuddi shunday ish boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega boʻlmaydi. Shu sababli maqolada sud pretsedenti doktrinalari tahlil qilinib, romano-german huquq oilasiga mansub boʻlgan Oʻzbekiston huquq tizimiga sud pretsedentini qaysi huquq doktrinasi asosida kiritish mumkinligi bayon qilingan. O‘zbekiston kabi romano-german huquq oilasiga kiruvchi Germaniya va Rossiyada ham sud pretsedenti qonun emas, balki qonundan keyin turuvchi normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan huquq manbasi hisoblanadi. Shu tufayli uni respublikamizda amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirilgan.
Kalit so'zlar
anglo-sakson, huquq manbasi, pretsedent, sud pretsedenti, romano-german, stare decisis doktrinasi