O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH: HUQUQIY TA’MINLASH MASALALARI
Fayziyev Shuhrat Xasanovich
Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni huquqiy ta’minlashning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ilmiy-huquqiy polemika asosida davlatning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tabiiy resurslar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish masalalari asoslab berilgan. Muallif “tabiatdan foydalanish”, “tabiiy resurslardan foydalanish”, “tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”, “barqaror rivojlanish” va “tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy rejimi” kabi tushunchalarni ta’riflashga alohida e’tibor beradi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining yer, suv, yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish sohasidagi umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilindi. Bu boradagi qonunchilikning asosiy kamchiliklari belgilab berildi, shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar berildi.
Kalit so'zlar
davlatning ekologik siyosati, davlat ekologik siyosatining yo‘nalishlari, atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslar qonunchiligi, tabiiy resurslardan foydalanishni huquqiy ta’minlash, tabiiy resurslardan foydalanish tamoyillari.