Yurisprudensiya

6-son 2024-yil

Tulteyev Ilyas Tavasovich

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Maqolada yuridik texnologiya mohiyati va mazmunining nazariy jihatlari, shuningdek, uning yuridik faoliyatdagi ahamiyati ochib berilgan. Ushbu masalani o‘rganishning dolzarbligi zamonaviy sharoitlarda huquqiy texnologiyaning o‘rni, yuridik faoliyatning yuqori sifati va samaradorligini ta’minlash ehtiyojlari bilan belgilanadi. Muallif ilmiy tadqiqotning tizimli, qiyosiy huquqiy va boshqa usullaridan foydalangan. Tadqiqotda huquqiy texnologiya yuridik texnika tushunchasidan kengroq ekanligi haqidagi xulosa asoslanadi va uni, shuningdek, ba’zi boshqa huquqiy hodisalarni qamrab oladi. Maqolada huquqiy texnologiya xususiyatlari va belgilari tavsiflangan, uning yuridik faoliyat sifati va natijalariga ta’siri ochib berilgan. …

Hayitov Sherzod Raxmatullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada subyektiv huquq va huquqiy manfaatning nazariy-huquqiy jihatlari, ularning oʻzaro nisbati va farqli xususiyatlari, himoya mexanizmlari, bu boradagi milliy va xalqaro tajriba ko‘rib chiqilgan. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu borada subyektiv huquq va huquqiy manfaat institutlarining mohiyatini chuqur anglash, ularning himoya mexanizmlarini takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Maqolada subyektiv huquq va huquqiy manfaatlar institutiga oid maʼlumotlar xorijiy va milliy tajriba asosida taqqoslash, deduksiya, analiz va sintez metodlari yordamida tahlil etilgan. Subyektiv huquq tushunchasi bir nechta mezonlar asosida tasniflangan, huquqiy manfaat tushunchasini yoritish bo‘yicha turli qarashlar va yondashuvlar tahlil qilingan….

Sadikov Maksudboy Abdulajonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada huquq ijodkorligida forsayt tahlili, uning ushbu faoliyatdagi oʻrni, bugungi kundagi yutuqlari tahlil qilinadi. Dunyo mamlakatlarida huquq ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, World Justice Project xalqaro fuqarolik jamiyati tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Qonun ustuvorligi” indeksining 2022-yil uchun hisoboti eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston umumiy reytingda 0,50 ball bilan 78-oʻrinni egallagan. Hisobotda keltirilgan koʻrsatkichlar mamlakatimizda huquq ijodkorligi va qonun ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirish zarurati mavjudligini koʻrsatmoqda. Dunyoda soʻnggi yillarda texnologik taraqqiyot keskin surʼatlarda oʻsgani sari kelajakni rejalashtirishning samarali usullaridan foydalanishga talab ortmoqda. Shu jumladan, ulardan keng tarqalganlaridan biri boʻlgan forsayt usullaridan foydalanishga oʻtilmoqda. Huquq ijodkorligi sohasida ham forsayt kabi yangi texnologiyalarni qoʻllashni bugungi zamon talab qilyapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi. …

Shaimardanova Dilafruz Dilmuratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari mustahkamlab qoʻyildi. Xususan, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipida yangicha gʻoyalar aks etdi. Maqolada mazkur prinsipning mazmun-mohiyati, kamsitishning oldini olish maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlari, xalqaro standartlar tahlil qilingan. Toʻgʻridan toʻgʻri va bilvosita kamsitish tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari, xodimlarning “ishchanlik sifatlari” va “mehnat natijalari” terminlari ochib berilgan. …

Lapasov Asliddin To‘lqin o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi bo‘lim boshlig‘i

Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy munosabatlarning virtuallashuvi sharoitida mualliflik huquqi konsepsiyasi genezisi va evolyutsiyasi yoritilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet tarmog‘ining kengayishi natijasida virtual makonda yaratilayotgan kontentning mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalar dolzarblik kasb etmoqda. Maqolada, shuningdek, mualliflik huquqi konsepsiyasining o‘zgarish va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinib, virtual makonda huquqiy himoya mexanizmlarini ta’minlashdagi asosiy muammolar ko‘rib chiqilgan. Mavzu xususiyatidan kelib chiqib, tadqiqot predmeti umumiylikdan xususiylikka, qiyoslash, mantiqiy izchillik metodlari asosida tahlil etilib, ilm-fan, xorijiy tajriba, amaliyot va huquqiy tartibotlarga murojaat etilgan. Tadqiqotda, shuningdek, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka moslashtirishdagi qiyinchiliklar, mualliflik huquqini buzish hollarini aniqlash va ular bo‘yicha javobgarlik masalalari o‘rganilgan. Maqolada mazkur sohada mavjud huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy omillar hamda kelajakda mualliflik huquqining virtuallashgan muhitda barqarorligi uchun taklif va tavsiyalar berilgan….

Abdualimova Madina Shuxratovna

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirgi O‘zbekiston hududida yerga egalik munosabatlari uzoq tarixga ega ekanligi, ularni bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslantirib berilgan. Mahalliy va xorijlik huquqshunos olimlarning fikrlari asosida yerga nisbatan xususiy mulk huquqining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tanlangan yangi yo‘li mulkiy islohotlarni, yerga egalik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishni taqozo etishi bir qator faktlar orqali isbotlangan. Shuningdek, milliy qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish orqali sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan….

Sadikova Dilafruz Radjabovna

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy bazasi tahlili Oʻzbekiston va Qozogʻiston misolida yoritib berildi. Shuningdek, soʻnggi yillarda davlatimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishga oʻtishning huquqiy asoslari, iqtisodiyot va energetika tizimidagi islohotlar, barqarorlikka erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari natijasida qabul qilinayotgan normativ hujjatlar tasnifi keltirildi. Tadqiqot davomida Qozogʻistonda qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishning huquqiy oʻzagi va hozirgi kundagi istiqbollari, sohani rivojlantirish borasidagi davlatlararo hamkorlikning huquqiy mezonlari oʻrganildi. Ekologik xavfsiz, yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich oʻtish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishishda tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning oʻrni beqiyosligi asoslandi. …

Xalmo‘minov Shavkat Djumayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada iqlim oʻzgarishi sharoitida ekologik xavfsizlikni huquqiy qoʻllab-quvvatlashning ilmiy-nazariy jihatlari tahlil qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi talablari asosida bu masalaning dolzarbligi ifodalanadi. Xususan, ekologik xavfsizlikni huquqiy taʼminlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tartibi hamda talablarini ishlab chiqish, shu jumladan, Ekologiya, Suv va Oʻrmon kodeksini ishlab chiqish, shuningdek, “Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi alohida qonunni qabul qilish taklif etiladi. Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha sohalar qatori atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham jtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qilayotgani alohida taʼkidlanadi. Bu borada qonun, meʼyoriy hujjatlar va BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha konvensiyasi muhimligiga e’tibor qaratiladi….

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinsiy jinoyatlarning obyektiv belgilariga doir ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada jinsiy jinoyatlar shaxsga qarshi qaratilgan, jinsiy erkinlik va daxlsizlikka tajovuz qiluvchi, jamiyat uchun eng xavfli jinoyatlardan biri ekanligi hamda uning ijtimoiy xavfliligi borasidagi olimlarning fikrlari keltirilgan. Muallif maqolani tahlil qilish jarayonida jinsiy jinoyatlarning obyekti sifatida shaxsning normal jinsiy rivojlanishini tan oluvchi huquqshunoslar fikrini ham oʻrganib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirgan. Shuningdek, muallif mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118- va 119-moddalarini bir-biridan farqlovchi belgilari va jihatlariga ham toʻxtalib oʻtgan. Shu bilan bir qatorda, maqolada shaxsning jinsiy rivojlanishiga tajovuz qilish nafaqat jismoniy oqibat, balki birinchi navbatda, ruhiy va ijtimoiy xavf tugʻdirishi bilan bogʻliq ekanligi tahlil etilgan. …

Xaydarov Shuxratjon Djumayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilish va oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari bayon etilgan. Jumladan, maqolada JK 116-moddasi va 113-moddaning 5-qismida nazarda tutilgan qilmish, shuningdek, JK 116-moddasi va 117-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarning ilmiy jihatdan farqlari asoslantirib berilgan. Bundan tashqari, Rossiya, Armaniston, Qozogʻiston, Belarus davlatlarining jinoyat qonunlarida “Tibbiyot xodimlarining kasb majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi” moddasining oʻzida tibbiyot xodimlari tomonidan boshqa shaxsga OIV/OITSni yuqtirish ogʻirlashtiruvchi qism sifatida kiritilganligi qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada muallif kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatini kvalifikatsiya qilish va oʻxshash jinoyatlardan farqlash masalalari boʻyicha huquqshunos olimlar fikrlariga oʻz munosabatini bildirgan. …

Inoyatova Sohiba Fazilovna

Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Saidaxmedova Muazzamxon Anvarxonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

Annotatsiya
Zo‘ravonlikka uchragan ayollarning huquqlarini himoya qilish ko‘plab davlatlarda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham muhim va dolzarb muammo hisoblanadi. Shu munosabat bilan ko‘pgina mamlakatlarda zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar amalda mavjud. Xotin-qizlarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi asosiy hujjatlardan biri Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyadir (CEDAW). Mazkur konvensiyani bajarish maqsadida mamlakatimiz tomonidan ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlik tahdidini aniqlash va oldini olish uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratishda asosiy rol o‘ynagan maxsus normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular maqolada batafsil tahlil qilinadi. Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotga integratsiyalashishlari uchun imkoniyatlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. …