Yurisprudensiya

1-son 2024-yil

Hoshimxonov Ahror Moʻminovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda soʻnggi yillarda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida fikr yuritiladi. Bunda mustaqillikdan keyingi yillarda davlat boshqaruvi sohasida, jumladan, hukumat va uning tarkibiy tuzilmalari faoliyatida amalga oshirilishi kutilgan bir qator zaruriy maʼmuriy islohotlarning ahamiyati bayon qilingan. Shuningdek, unda 2022-yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashkiliy tuzilmasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar, shuningdek, davlat boshqaruvining markaziy organlari sirasiga kiruvchi vazirlik, davlat qoʻmitasi, agentlik va inspeksiya kabi organlarning huquqiy tushunchasi va taʼrifi hamda ularning vakolatlari borasidagi huquqiy, ilmiy va amaliy fikrlar yuzasidan mulohazalar yuritiladi. …

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashning huquqiy mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Unda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish orqali soliq intizomini taʼminlashning huquqiy mexanizmlarining zamonaviy yoʻnalishi va yangi gʻoyasi taklif etilgan. Ushbu tadqiqot ishida asosan qiyosiy-huquqiy tahlil metodidan foydalanildi. Shu bilan birga, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qoʻllandi. …

Abdullayeva Maftuna Murot qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqola huquq va qonun ustuvorligi masalalari va ularning huquqiy hodisa sifatidagi tushunchalariga bagʻishlangan. Huquq ustuvorligi har qanday demokratik jamiyatning ajralmas qismi boʻlib, huquq ustuvorligi tushunchasi esa barcha mansabdor shaxslardan har bir shaxsga qadr-qimmat, tenglik, odillik va qonun doirasida munosabatda boʻlishini, har kimning har qanday qarorlar ustidan shikoyat qilish imkoniyati mavjudligini, agar bu qarorlar qonunga xilof boʻlsa, mustaqil va xolis sudlarga murojaat qilish huquqini taqozo etadi. Sudning oʻzi adolatli boʻlishi kerak. Shunday qilib, huquq ustuvorligi hokimiyatni amalga oshirish hamda shaxs va davlat oʻrtasidagi munosabatlarga qaratilgan. …

Maxmudov Firuz Baxtiyor oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat xaridlari bilan bogʻliq munosabatlaridagi manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari ilmiy-nazariy va tashkiliy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Davlat fuqarolik xizmatida davlat xaridlarini samarali amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishning ijobiy jihatlari amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni huquqiy tartibga solishdagi ahamiyati va davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona foydalanishning dolzarbligi nuqtayi nazaridan asoslangan. Mavzu xususiyatidan kelib chiqib, tadqiqot predmeti umumiylikdan xususiylikka tomon yondashilgan, qiyoslash, mantiqiy izchillik metodlari asosida tahlil etilgan hamda ilm-fan, xorijiy tajriba, amaliyot va huquqiy tartibotlarga murojaat etilgan. …

Bokiyev Jahongir Nurmatjon oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya
Insoniyat oʻz taraqqiyotida ulkan oʻsishga, zamonaviy yashash sharoitiga, raqamli texnologiyalarning aql bovar qilmas imkoniyatlariga erishmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda butun dunyoda keng koʻlamda ommalashayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalari jamiyatning deyarli barcha sohasida qoʻllanib, insonlar uchun koʻplab qulayliklarni yaratmoqda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, taʼlim sohasi sunʼiy intellekt texnologiyalari eng koʻp foydalanilayotgan sohalardan biri boʻlib qolmoqda. Bunday texnologiyalar insonlarning huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashishi bilan birga ayrim hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Xususan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan taʼlim jarayonlarida foydalanish huquqiy tartibga solinmaganligi sababli taʼlim oluvchilarning teng huquqliligi prinsipiga daxl etmoqda. …

Xazratqulov Odilbek Tursunovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Oʻtgan yillar davomida jahonda boʻlib oʻtgan moliyaviy inqiroz natijasida bank sohasi kam foizli stavkalar, kreditlar hajmini pasaytirish, tartibga solish hamda muvofiqlik talablarini oshirish bilan bogʻliq masalalarga duch keldi. Soʻnggi yillarda esa katta inqilobiy oʻzgarishlar yuz berib, ular qatorida raqamli bank xizmatlari va raqamli moliyalashtirish singari yoʻnalishlari paydo boʻldi. Bunday ijobiy natijaga erishishning asosiy sababini nafaqat jahonda roʻy bergan iqtisodiy inqiroz, balki Osiyoda faoliyat olib borayotgan moliyaviy kompaniyalarning innovatsion yuksalishi bilan bogʻlash mumkin. …

Aʼzamxoʻjayev Umidxon Shavkat oʻgʻli

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Jahon bozorlariga chiqish uchun xalqaro transport yoʻlaklarini yaratish dunyoning barcha mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekiston kabi dengizga chiqish imkoni boʻlmagan davlatlar uchun eng dolzarb vazifalardan biridir. Bu yoʻlaklarni yaratish yoʻlak oʻtadigan davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni xalqaro-huquqiy jihatdan batafsil tartibga solishni taqozo etadi, shu bilan birga, har bir davlatning alohida milliy-huquqiy tartibga solinishi ham muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada vazifalari koridorlar yaratish bilan bogʻliq boʻlgan Oʻzbekiston davlat organlarini aniqlashga doir masalalar muhokama qilinadi. …

AllahRakha Naeem

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
O‘zbekistonda reklama sohasidagi faoliyatni O‘RQ–776-sonli “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun tartibga soladi. Bu qonun bilan reklama beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar uchun huquqlar, majburiyatlar hamda taqiqlar belgilangan. Shu bilan birga, bolalarni himoya qilish uchun maxsus qoidalar kiritilgan.Ushbu maqola reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning amaliyotda qanday ishlashiga bag‘ishlangan bo‘lib, reklama mazmuni, ma’lumotlardan foydalanish, tashqi reklama va hokazolar boʻyicha asosiy talablarni yangilangan qoidalarga muvofiq koʻrib chiqadi. …

Javliyeva Gullola Abdurahim qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Bugungi kunda raqamlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichiga oʻtish va boshqa bir qator ijtimoiy-sotsiologik, geografik, iqtisodiy omillar natijasida mehnat munosabatlarida oʻzgarishlar, yangilanishlar yuzaga kelmoqda. Xususan, anʼanaviy mehnat munosabatlaridan farq qiluvchi notipik mehnat munosabatlari, bandlikning zamonaviy shakllari tobora keng miqyosda ommalashib, mehnat bozoridan mustahkam oʻrin egallamoqda. Shu sababli anʼanaviy mehnat munosabatlarini notipik mehnat munosabatlaridan farqlash, bandlikning notipik shakllarida ishlayotgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish oldimizda turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. …

Maxkamov Durbek Nematovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori v. b, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada oʻsimlik dunyosini tartibga solishga qaratilgan konsepsiyalar, xorijiy davlatlarning oʻziga xos tajribalari tahlil qilingan. Shu bilan birga, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt rivojlanishining flora qonunchiligiga taʼsiri va kelajakdagi istiqbollari toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Shuningdek, amaldagi qonunchilik holati, olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish masalalari atroflicha oʻrganilgan. Bioxilma-xillikni saqlash va bаrqаrоr rivоjlаnish konsepsiyasini аmаlgа оshirishning nazariy-huquqiy aspektlari, о‘simlik dunyоsini muhоfаzа qilishni zоnаlаshtirishning zarurati, biоlоgik xаvfsizlikni tаʼminlаshning huquqiy jihatlari bayon etilgan. …

Xayitov Panji Buxarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada “yashil” energetikani rivojlantirishning huquqiy asoslari, kelajak istiqbollari, ekologik-huquqiy taʼminlash masalalarining milliy va xalqaro konsepsiyasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ularni tahlil qilish bo‘yicha fikrlar bildirilgan. Shuningdek, ekologiya huquqi nazariyasi, “yashil” energetikani rivojlantirishning huquqiy asoslari va kelajak istiqbollari tizimini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq eng muhim masalalar tahlil qilindi. “Yashil” energetikani rivojlantirishning huquqiy asoslari va kelajak istiqbollari energiya huquqi manbalarini tartibga solish muammolari, tabiiy resurslar tizimidagi energiya huquqining milliy va xalqaro ahamiyati, ilmiy tadqiqotlar doirasida undan foydalanish huquqining kelib chiqishi nuqtayi nazaridan o‘rganildi. …

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Shaxs jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda toʻxtatsa, shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning xususiyati qilmish shaxsga bogʻliq boʻlgan holatlarga koʻra oxirigacha yetkazilmasligida ifodalanadi. Shaxs boshlangan ijtimoiy xavfli, gʻayriqonuniy qilmishini oʻzining ichki his tuygʻusi asosida, oqibatlarini anglagan holda, muqarrar ravishda toʻxtatadi. …

Mirzaraimov Sardor Taxirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda bezorilik jinoyatlari boʻyicha surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazishda uchrayotgan kvalifikatsion muammolar, isbotlash jarayonining oʻziga xos jihatlari va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari, jabrlanuvchi shaxsi, uning huquqlari va mavzuga doir boshqa masalalar tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada bezorilik jinoyatlarini mayda bezorilik huquqbuzarligidan farqlovchi kvalifikatsion chegarasi, bezorilik hamda mayda bezorilikning dispozitsion sharhi yoritib berilgan. Bundan tashqari, maqolada bezorilik jinoyati va mayda bezorilik huquqbuzarligi dispozitsiyasida keltirilgan noaniq jumlalarni bugungi kundagi disreksion talqin etilish holatlari amaliy misollar bilan yoritilgan. …

Rashidov Bexzod Nurboevich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi boshligʻi, professor, yuridik fanlar doktori (DSc)

Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida huquqiy maqom, shaxslarning huquqiy holati, muomala layoqati, huquqiy layoqati hamda mutaxassisning jinoyat protsessi ishtirokchisi sifatidagi huquqiy maqomi tushunchasi va jinoyat protsessida mutaxassisning dalillarni aniqlash, topish, qayd etish, olib qoʻyish, toʻplangan dalillarni tekshirish jarayonidagi huquqiy holati, mutaxassis va ekspertning huquqiy maqomidagi farqlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. …

Begatov Jasurbek Numonjanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada rivojlangan mamlakatlarning mehnat munosabatlarida kamsitishning oldini olish boʻyicha tajribasi oʻrganildi. Ushbu mamlakatlar tomonidan qabul qilingan strategiyalar va amaliyotlarni tahlil qilib global ishchi kuchida teng imkoniyatlar va adolatli munosabatni yaratish masalasi haqida maʼlumot berildi. Maqolada kamsitishlarga qarshi kurashishda samarali yondashuvlar, qonunchilik asoslari, ijro mexanizmlari va ish beruvchilar amaliyoti koʻrib chiqiladi. Turli rivojlangan davlatlar kamsitishlarga qarshi kurashish va ish joyida teng munosabatni targʻib qilish boʻyicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. …