Yurisprudensiya

5-son 2024-yil

Odilqoriyev Hojimurod To‘xtamurodovich

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Maqolada konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida Konstitutsiyaviy sudning berilgan yangi vakolatlar doirasida Oliy Majlis palatalariga va Prezidentga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning amaliyoti va holati bo‘yicha axborot taqdim etish institutining mohiyati, mazmuni hamda xususiyatlari ilmiy tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlashdagi roli va ahamiyati juda muhimdir. Ushbu sud Konstitutsiya ustuvorligini saqlash maqsadida barcha qonun va hujjatlarning Konstitutsiyaga mosligini tekshiradi. Sud davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va qonunlarning konstitutsiyaviyligini baholaydi, bu orqali ularning muvofiqligini nazorat qiladi va zarur bo‘lsa, Konstitutsiyaga zid bo‘lgan hujjatlarni bekor qiladi. …

Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada qurilish pudrati shartnomasining huquqiy tabiati, uni tuzish tartibi va muhim shartlari, qurilish pudrati shartnomasining rivojlanish tartibi va huquqiy tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari, taraflarning (buyurtmachi va pudratchi) huquq va majburiyatlari, ularning javobgarligini belgilash masalasi, qurilish pudrati shartnomasi bilan bogʻliq xorijiy davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan. Xususan, pudrat shartnomasiga doir qoidalarni oʻz ichiga olgan Fransiyaning 1804-yildagi Fuqarolik kodeksi, Shveysariya Majburiyatlar toʻgʻrisidagi qonuni, Avstriya Fuqarolik kodeksi, Germaniya Fuqarolik kodeksi, Angliyaning 1977-yildagi Adolatsiz shartnoma shartlari toʻgʻrisidagi qonuni, 1996-yildagi Qurilish va rekonstruksiya qilish toʻgʻrisidagi qonuni, …

Saydivaliyeva Xurshida Xodjiakbarovna

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti boʻlimi boshligʻi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya
Maqolada oilaviy nizolar va ularni oila aʼzolari tomonidan hal etishning ijtimoiy-huquqiy jihatlariga ahamiyat qaratiladi. Muallif oilaviy nizolar kundan kunga ko‘payib, mulkiy nizolarning sud jarayonlarida hal qilinishi uzoq muddat davom etishiga sabab bo‘layotgan masalalarni tahlil qiladi. Sudgacha bo‘lgan jarayonda oilada mulkiy nizolarni hal qilishning muqobil vositasi hisoblangan oilaviy-huquqiy shartnomaning huquqiy tabiati ko‘rib chiqiladi. Muallif oilaviy huquqiy shartnoma er va xotin o‘rtasidagi umumiy mulkni taqsimlash, aliment to‘lash majburiyatlari va boshqa mulkiy masalalar bo‘yicha nizolarni hal etishda samarali vosita ekanligiga eʼtibor qaratadi. …

Raximov Miryoqub Aktamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Oʻzbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari mustahkamlab qoʻyildi. Xususan, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipida yangicha gʻoyalar aks etdi. Maqolada mazkur prinsipning mazmun-mohiyati, kamsitishning oldini olish maqsadida qabul qilingan qonun hujjatlari, xalqaro standartlar tahlil qilingan. Toʻgʻridan toʻgʻri va bilvosita kamsitish tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari, xodimlarning “ishchanlik sifatlari” va “mehnat natijalari” terminlari ochib berilgan. …

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat huquqi nazariyasi va tugallanmagan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish amaliyotida muhim oʻrin tutadigan yaroqli suiqasd va yaroqsiz suiqasd tushunchalari oʻrganilgan. Muallif suiqasdning yaroqli suiqasd hamda yaroqsiz suiqasd turlarini farqlash imkonini beruvchi asosiy belgi va mezonlar, jumladan, jinoyat tugallanishi mumkin boʻlgan holatlarni tahlil qilgan. Shuningdek, mutlaqo imkonsiz (jinoyat obyekti yoki vositalarini notoʻgʻri tanlash sababli) va nisbiy imkonsiz (jinoyat vositalari yoki qurollaridagi xatolar tufayli) kabi suiqasd shakllarini ham koʻrib chiqqan. Maqolada suiqasdni kvalifikatsiya qilishning murakkab holatlarini aks ettiruvchi sud ishlaridan aniq misollar keltirilgan. …

Yusupova Faringiz O‘ktam qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Axborot va telekommunikasiya texnologiyalari sog‘liqni saqlash sohasiga tatbiq etilganidan buyon ushbu jarayon bilan bog‘liq tibbiy xizmatlarga talab o‘smoqda, tizim esa rivojlanishda davom etmoqda. Mazkur maqolada shaxsiy ma’lumotlar, ayniqsa, bemorlarning tibbiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari o‘rganildi. Tadqiqot davomida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha milliy va xalqaro huquqiy me’yorlar tahlil qilindi, ularni sog‘liqni saqlash tizimida qo‘llash xususiyatlari ochib berildi. Bundan tashqari, tibbiy ma’lumotlar bilan ishlashda maxfiylik va axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. …

Alishayev Sobir Tursunboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqola sud hukmlarini chiqarish jarayonida sun’iy intellekt (SI) va tahliliy tizimlarni qo‘llashning istiqbollari hamda qiyinchiliklarini tahlil qiladi. Unda SI sohasidagi hozirgi yutuqlar, sud qarorlarining samaradorligi va xolisligini oshirish mumkinligini tadqiq qilingan. SI texnologiyalarining rivojlanishi bilan sudlarda qaror qabul qilish jarayonini xolis, tez va aniq tarzda bajarish imkoniyati yuzaga keladi, bu esa inson xatolarining kamayishida ahamiyatli bo‘lishi mumkin. …

Shonazarov Abduvali Shonazarovich

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish holatlarini aniqlashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar yoritilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi kunda eng keng tarqalgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Texnologik innovatsiyalar rivojlangani sari ulardan foydalanish imkoniyatlari ham oshib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda hujjatlar haqiqiyligini saqlovchi xavfsizlik choralarining yuqori darajada boʻlishiga qaramay, texnologiyalar sababli ularni qalbakilashtirishning yangi usullari paydo bo‘lmoqda. …