QARZ SHARTNOMASIGA OID QONUNCHILIK RIVOJLANISHI

Xursanov Rustam Xolmuratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti v.b.

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Bugungi kunda qarz shartnomasi bo‘yicha amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan tartib va taomillar, sohada shakllangan ish muomalasi odatlari hamda bank va moliya sohasida qarz berish faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik FKda nazarda tutilmagan va bugungi moliya bozorining zamonaviy talablariga javob beradigan normalarni shakllantirganligini hisobga olib qarz shartnomasini quyidagi huquqiy belgilarga egaligini ko‘rsatmoqda: bir yoki ikki tomonlama, real va konsensual shartnoma, tekin yoki haq evaziga tuziladigan shartnoma. Qarz shartnomasining bunday tavsiflanishi shartnoma shartlari va taraflarning o‘zaro kelishuvida belgilangan qarz berish va olish bo‘yicha talablardan kelib chiqadi. Jumladan, qarz shartnomasida taraflar qarz summasini kelgusida berish bo‘yicha qarz beruvchining majburiyatini belgilashsa, olingan qarz summasi foizlari bilan qaytarilishini kelishishsa, bunday mazmunidagi qarz shartnomasi konsensual, ikki tomonlama (o‘zaro) va haq evaziga tuziladigan shartnomalar jumlasiga kiradi. Agar fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi tuzilishi bilan ijro etilsa va olingan qarz summasi foizlarsiz qaytarilishi nazarda tutilsa, bunday qarz shartnomasi real, bir tomonlama va tekinga tuzilgan shartnoma sanaladi. Maqolada qarz shartnomasini huquqiy tartibga solishga oid qonunchilikni O‘zbekiston hududida rivojlanishi tarixi, Avestoda shartnoma shartlariga rioya etilishi hamda islomda qarz munosabatlarini tartibga solinishi tahlil etiladi. Shuningdek, muallif qarz munosabatlarini huquqiy tartibga solishga oid xorijiy qonunchilikni tahlil qilish orqali milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni ilgari suradi.
Kalit so'zlar
qarz, kredit, majburiyat, fuqarolik huquqi, islom huquqi, qarz beruvchi, qarz oluvchi, foiz, shartnoma shakli.
Iqtibos uchun
For citation: