HAKAMLIK SUDINING TUZILISHIDA HAKAMLIK BITIMI
Haqberdiyev Abdumurod Abdusaidovich
Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Dunyoda modernizatsiya va isloh etish sharoitida sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. О‘tgan davr mobaynida sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sud mustaqilligini ta’minlash, inson va fuqaro huquq-erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng kо‘lamli tashkiliy-huquqiy choralar-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, bugungi kunda arbitraj (hakamlik) sudi bilan bog‘liq muammolar ham uchrab turibdi. Ba’zi hollarda davlat sudlari bunday bitimlarni bekor qilish kerak deb hisoblaydi, boshqa hollarda ularning yuridik kuchini tan oladi va tijorat arbitraji (hakamlik sudlari) foydasiga ustuvor ahamiyat beradi. Ammo xorijiy mamlakatlarda muqobil bitim (shartnoma shart)lar tendensiyasi ijobiydir. Mazkur maqolada arbitraj (hakamlik) sudi tuzilishida hakamlik bitimi masalasi xorij tajribasini tahlil qilgan holda о‘rganib chiqilgan. Hakamlik bitimining tuzilish shakli, mazmuni va unga qо‘yilgan talablar xususida chet davlatlarning normativ-huquqiy hujjatlarini о‘rganib chiqish davomida milliy hakamlik sudlaridagi hakamlik bitimlarining mohiyati xususida tо‘xtalib о‘tilgan. Maqolada hakamlik bitimini tahlil qilish davomida qonunchilikka takliflar kо‘rsatib о‘tilgan.
Kalit so'zlar
hakamlik sudi, hakamlik bitimi, vakolatli sud, arbitraj sudi, shartnoma, elektron hujjat, protsessual, appelatsiya, kassatsiya, qonun, kodeks.