UYUSHGAN JINOYATCHILIKNI TERGOV QILISHNING DASTLABKI BOSQICHIDA TIPIK TERGOV VAZIYATLARI XORIJIY DAVLATLAR MISOLIDA

Shonazarov Abduvali Shonazarovich

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada uyushgan jinoyatchilikka qarshi tergov harakatlaridagi vaziyatlar rivojlangan davlatlar misolida o‘rganilgan. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlari doimiy ravishda takomillashtirilishi va shu chora-tadbirlar uyushgan jinoyatchilik rivojlanishining oldini olish xususiyatga ega boʻlishi kerak. Ya’ni operativ xodimlar jinoyat haqida ma’lumotlarni tezkor to‘plashi va tahlil qilishi yangi metodlar qo‘llashni talab etadi. Ushbu holatlarning har biri jinoiy harakatning muayyan mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan kam qamrovli, shuningdek, jinoyatni aniqlash, bostirish va fosh qilish faktlari bilan tergov holatlarini o‘z ichiga olishi mumkin. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni jinoyat-protsessual tartibga solish doirasida isbotlash muammosi, ayniqsa, dolzarbdir. Ya’ni dalillarni qonunga xilof ravishda olish uning maqbulligiga ta’sir o‘tkazadi va ulardan foydalanish sudda muammolar keltirib chiqaradi. Maqolada uyushgan jinoiyatchilikni tergov qilishda samarali metodlarning qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, majburiy va ixtiyoriy jinoiy ta’qiblar amaliyoti, kuzatuv ostida to’plangan ma’lumotlarni yetkazib berish, jinoiy sheriklarning ko‘rsatmalaridan foydalanish va dalillarning sudda maqbulligi muhokama qilingan. Tergov harakatlarini rivojlangan davlatlar qonunchiligi bo’yicha protsessual tartibda olib borilishi bayon etilgan.
Kalit so'zlar
FQB, maxfiy agentlar, elektron kuzatuv, anti-mafiya, FJX, anonim ko‘rsatma.