JINOYAT PROTSESSI ISHTIROKCHILАRI VА ULАRNING KLАSSIFIKАTSIYASI

Tulaganova Gulchehra Zaxitovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori,
yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida ishtirokchilar tushunchasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, protsess ishtirokchilari deganda, jinoyat ishi yurituviga alohida protsessual hujjat orqali jalb qilinish masalasi muhokama qilingan. O‘zi yoki vakil manfaatlarini himoya qilish uchun muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar sifatida qatnashuvchi ishtirokchi ekanligi tavsiflab berilgan. Ular qatoriga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar va fuqaroviy javobgar kiradi. Shu bilan birga, jinoyat protsessida ishtirokchilarning klassifikatsiyasi, ularning huquq va majburiyatlari, jinoyat protsessi ishtirokchilarining nazariy va amaliy jihatlari, jinoyat sudlov ishlarini yuritishda ishtirok etadigan barcha protsess ishtirokchilarining qonunda belgilangan tartibdagi vakolatlari o‘rganilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan birga hali hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud. Shuningdek, ushbu institutdagi ayrim nazariy va amaliy muammolar, jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish maqsadida belgilangan ustuvor maqsadlardagi vazifalarni amalga oshirish mexanizmi yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan. Shu bilan birga, nazariyotchi olimlar, tajribali amaliyotchi xodimlarning fikr va mulohazalari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
protsess ishtirokchilari, apellatsiya, kassatsiya, moddiy va maʼnaviy zarar, odil sudlov funksiyasi, tergov, prokuror, ayblov, himoyachi, vakil, qonuniy vakil, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, yordamchi funksiya, guvoh, xolis, tarjimon, ekspert, mutaxassis.