JINOYAT TARKIBI OBYEKTIV TOMONINING QONUNCHILIKDAGI TUZILISHI (KONSTRUKSIYASI): TAHLIL VA TAKLIF
Xudoyqulov Feruzbek Xurramovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, induksiya, deduksiya, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilarining umumiy tavsifi va ularning jinoyat qonunchiligidagi tuzilishi ochib berilgan bo‘lib, ular to‘g‘risidagi olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqotlari, ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshash va farqli jihatlar haqida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgilari bo‘lgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning fakultativ belgilari bo‘lgan jinoyat-huquqiy oqibat, sababiy bog‘lanish, jinoyat sodir etish joyi, vaqti, usuli, holati, quroli va vositasining JK Maxsus qismi moddalar dispozitsiyasidagi tuzilishi ketma-ket tavsiflab berildi. Ushbu maqolada asosiy e’tibor jinoyat tarkibi obyektiv tomoni va uning belgilarining jinoyat qonunchiligidagi tuzilishiga qaratilgan bo‘lib, ularning jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi jinoyat-huquqiy ahamiyati hamda kvalifikatsiya qilish qoidalari instrumental va qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda kontinental (roman-german) huquq oilasiga kiruvchi rus olimlari A.N. Traynin, T.V. Sereteli, V.N. Kudryavsev, N.F. Kuznesova, B.V. Zdravomislov va boshqalar, shuningdek, mahalliy olimlardan M.X. Rustamboyev, M. Usmonaliyev,
P. Bakunov, R. Kabulov, X.M. Abzalova A.A. Otajonov, I.A. Sottiyev, X. Ochilov, Sh. Haydarov,
Z. Shamsiddinov va boshqalarning ilmiy ishlari, monografiyalari, ilmiy va o‘quv darsliklaridan foydalanilgan. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligi, jinoyat huquqi doktrinasi va unda mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil etilib, bu borada jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat, jinoyat tarkibi, jinoyatning obyektiv tomoni, jinoiy qilmish, jinoyat-huquqiy oqibat, sababiy bog‘lanish, fakultativ belgilar.