HUQUQIY ANIQLIK PRINSIPINI QONUN IJODKORLIGI JARAYONIDA QO‘LLASHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Yusupov Ilhomjon Ibodullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Har qanday qonunchilik tizimi va huquq sohasi o‘ziga xos asosiy qoidalar va muayyan umumiylik zamirida birlashtirilgan mezonlarga amal qiladi. Mazkur mezonlar esa bevosita barcha huquq sohalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu mezon huquq prinsiplari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ushbu maqolada huquq prinsiplari va huquqiy aniqlik prinsipi tushunchasi, huquqiy aniqlik prinsipining qonun ijodkorligi jarayonida tutgan o‘rni va ahamiyati yuzasidan asoslantirilgan fikrlar bildirilgan. Shuningdek, huquqiy aniqlik prinsipining o‘ziga xos jihatlari haqida, huquqiy aniqlik prinsipining amaliyotga keng tatbiq etilishi natijasida kutilishi mumkin bo‘lgan natijalar bayon etilgan. Huquqiy aniqlik prinsipining huquqiy tartibga solishning barcha soha va tarmoqlari uchun zaruriy hamda barcha huquq ijodkorlari uchun majburiy ahamiyatga ega bo‘lgan prinsip sifatida amal qilishi O‘zbekiston Respublikasining qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati uchun zarur ekanligi bo‘yicha muallif fikri tegishli tartibda bayon etilgan hamda ayrim misollar orqali huquqiy aniqlik prinsipining zarurati haqida so‘z yuritilgan. Huquqiy aniqlik prinsipi yuzasidan huquqshunos olimlar hamda muallif fikrlari va tahliliy maʼlumotlari keltirib o‘tilgan. Shu bilan birgalikda, huquqiy aniqlik prinsipining o‘ziga xos xususiyatlari haqida maʼlumotlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar
huquq tamoyillari, huquqiy aniqlik prinsipi, qonun ijodkorligi, qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, demokratiya, adolat, huquqni muhofaza qilish.