BАNKROTLIK TO‘G‘RISIDАGI ISHLАRDА KELISHUV BITIMI TUZISHDА DАVLАT ORGАNLАRI ISHTIROKI: MUАMMO VА YECHIMLАR

Ibratova Feruza Boboqulovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik protsessual va iqtisodiy
protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, y.f.d.

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunida davlat organining kelishuv bitimida ishtirok etish huquqi belgilanib, ularni amalga oshirish tartibi batafsil ko‘rsatilmagani va ko‘plab savollar ochiq qolgani bayon etilgan. Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadlariga erishish uchun vakolatli organlar tomonidan chiqarilgan majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror va qarzdorning kreditorlar bilan munosabatlarini belgilovchi kelishuvi bo‘lishi zarur degan fikr yuritiladi. Shuningdek, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish, energetika va avtomobilsozlik sohasida o‘ta og‘ir vaziyat yuzaga kelgani natijasida bir kompaniyaning bankrot bo‘lishi u bilan bog‘liq yana bir nechta kompaniyalar yopilishiga sabab bo‘layotgani, jahon amaliyotida mamlakat iqtisodiyotiga o‘z hissasini qo‘shishi uchun bankrotlik vositasida qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan tadbirkorlik subyektini saqlab qolishning mavjud imkoniyatlaridan foydalangani tahlil etilgan. Muammolarni o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga “Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishda kelishuv bitimi tuzgan qarzdorga soliqni kechiktirish yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish” deb nomlangan 1001-modda va “Bankrotlik to‘g‘risidagi ish yuritishda kelishuv bitimi tuzgan qarzdorni soliq to‘lashdan yoki undirishdan ozod qilish” deb nomlangan 1002-moddani kiritish lozim degan taklif beriladi.
For citation:
Kalit so'zlar
bankrotlik, kelishuv bitimi, davlat organi, to‘lov qobiliyatini tiklash, majburiy to‘lov, kreditor, soliqlarni to‘lash muddati.