O‘ZBEKISTONDA MUALLIFLIK HUQUQI HIMOYASINI TA’MINLASHDA MULKIY HUQUQLARNI JAMOAVIY ASOSDA BOSHQARUVCHI TASHKILOTLARNING TUTGAN O‘RNI
Yuldashov Abdumo‘min Abdugopirovich
Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk huquqi kafedrasi
dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
Annotatsiya
Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jarayonlari, xususan, bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni xususida so‘z boradi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, fan, adabiyot va san’at asarlarining mualliflari, ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar yoki boshqa huquq egalari o‘z mulkiy huquqlarini amalga oshirish maqsadida o‘z mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotlar tuzishga haqlidir. Maqolada ushbu turdagi tashkilotlar o‘z vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda qo‘llaydigan huquqiy usul va vositalarning yuridik ahamiyati keltirilgan. Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar o‘zi boshqarayotgan huquqlarni himoya qilish uchun zarur bo‘ladigan har qanday yuridik harakatlarni bajarish huquqiga ega ekanligidan kelib chiqib, ushbu harakatning yuridik tabiati, muallif va huquq egalarining mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlari himoyasini amalga oshirish mexanizmlari sud amaliyoti orqali yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘zi qaysi huquq egalarining nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, shu huquq egalarining nomidan va ulardan olingan vakolatlar asosida to‘lanadigan haq miqdori va shartnomalarning tuzilishiga doir boshqa shartlarni foydalanuvchilar bilan kelishib olishi, bunday tashkilot boshqarayotgan huquqlardan foydalanish uchun foydalanuvchilar bilan shartnomalar tuzish va haq miqdorini kelishib olish kabi masalalar ham muhokama qilingan. Yakunda O‘zbekistonda mualliflik huquqini jamoaviy asosda boshqarish “instituti”ni takomillashtirish masalasi haqida xulosalar qilingan.
For citation:
Kalit so'zlar
mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish, mualliflik huquqi, mulkiy huquqlar, shaxsiy nomulkiy huquqlar, foydalanuvchi, mualliflik shartnomasi, litsenziya shartnomasi.