HUQUQSHUNOS TALABALAR UCHUN YURIDIK INGLIZ TILINI O‘QITISHNI BOSHLASHDA O‘QUV YILINING AHAMIYATI

Rasulova Mahbuba Ravshan qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti
Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqshunoslik yo‘nalishidagi talabalar uchun yuridik ingliz tilini o‘rgatishda o‘quv yilining ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar berish ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlar real kontekstga oid zamonaviy hodisalarning empirik tadqiqi hisoblangan case study metodidan foydalangan holda tahlil qilingan. Tadqiqot Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)da aynan tanlab olingan ikki guruh: birinchi va ikkinchi kurslarda olib borildi. Tanlangan guruhlar darslari kuzatildi, kerakli ma’lumotlar yig‘ildi va yakunda ko‘ngilli talabalar intervyuga taklif etildi. Ma’lumotlar ularning yaxlit xususiyatini saqlaydigan asosli nazariyaga tayangan holda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, talabalar bir yil mobaynida huquqiy bilimlarini oshirgani uchun ikkinchi o‘quv yili, ya’ni ikkinchi kursdan boshlab yuridik ingliz tilini o‘qitish foydali va samarali bo‘ladi.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
yuridik ingliz tili, ESP, yuridik sleng, yuridik terminlar, keys tahlil qilish metodi.