BOJXONA TARTIB-TAOMILLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Habibov Rustam Izatullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi DBQ Bojxona instituti boshligʻi oʻrinbosari

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada chegara bojxona postlari inspektorlari yukli transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida Bojxona kodeksida koʻzda tutilmagan bo‘lsa-da, turli normativ hujjatlar bilan kirib qolgan protseduralar, masalan, tranzit transporti mamlakat yoʻllaridan foydalangani uchun yigʻim, tusi oʻzgartirilgan foyda uchun yigʻim yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima undirish kabi vazifalar bojxonaga yuklanganligi aniqlangan. Qonunchilikda transport vositasining chegaradan oʻtish reglamenti belgilangan, bojxona nazorati obyekti tovar, bojxona toʻlovi va qonunbuzarlik ekanligi aniq belgilangan. Ammo asosiy ishdan koʻra, qoʻshimcha ish ulushi umumiy jarayonda vaqtni olmoqda. Bojxonada tirbandlik masalasi koʻtarilganda, bojxona protseduralarini soddalashtirishga eʼtibor qaratiladi, ortiqcha vazifalarni tegishli organlarga qaytarib berish takliflardan tushib qoladi. Ushbu maqolada koʻtarilgan masala qiymati bojxona imiji, mamlakatimizning xalqaro savdoni erkinlashtirish saʼy-harakatiga teng.
Kalit so'zlar
chegara bojxona postlari, bojxona tartib-taomillari, bojxona yigʻimlari, vaqtni qisqartirish, bojxona rasmiylashtiruvi, xalqaro yuk tashuvlari.
Iqtibos uchun
For citation: