DAVLAT BOSHQARUVI SHAKLIGA HOKIMIYAT TARMOQLARI O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNING TA’SIRI MASALALARI

Turdiyev Hayitjon Usmonqul o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada davlatning boshqaruv shakliga hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi munosabatlarning taʼsiri masalalari tahlil etilgan. Davlat hokimiyati tizimida parlament va hukumat oʻrtasidagi oqilona muvozanat muammosi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat va ijro etuvchi hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlar har bir davlatning boshqaruv shakliga bevosita taʼsir qiluvchi muhim vositadir. Muallifning fikricha, hokimiyat tarmoqlari kuzatuvchi vazifasini bajarmasdan, bir-birini nazorat qilishi va oʻzaro hamkorlikda davlat mexanizmini amalga oshirishi muhim hisoblanib, bu jarayonda hokimiyat tarmoqlari oʻz vakolatlarini mustaqil amalga oshirishlari lozim. Shuningdek, muallif mazkur munosabatlarning zamonaviy modellarini hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi hamda oʻzaro muvozanat va bir-birini tiyib turish tamoyiliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratadi: prezidentlik, parlamentar va aralash. Maqolada xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi hamda huquqshunos olimlarning davlat boshqaruvi shakliga oid yondashuvlarini tahlil qilgan holda, hokimiyat tarmoqlari funksiyalari, vazifalari va vakolatlari hamda javobgarligi va bir-birini nazorat qilish darajasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi shaklining oʻziga xos xususiyatlari ham yoritib berilgan.
Kalit so'zlar
hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi, davlat boshqaruvi shakli, parlament, prezident, hukumat, oʻzaro muvozanat va bir-birini tiyib turish tamoyili, davlat mexanizmi. ..
Iqtibos uchun
For citation: