QONUNCHILIKNI KODIFIKATSIYALASH JARAYONI: AYRIM NAZARIY MASALALAR

Axmedshayeva Mavluda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi
professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada kodifikatsiya qonunchilikni tizimlashtirishning muhim shakli sifatida, uni tushunish masalalari, kodifikatsiyaning qisqacha tarixi, uning bugungi kunda huquq tizimi va huquqni qoʻllashdagi ahamiyati, jahon huquq tizimlari va oilalarida, jumladan, romano-german qonunchiligidagi roli haqida so‘z boradi. Shuningdek, huquqning davlat-huquqiy nuqtayi nazardan rivojlanishining zamonaviy voqeliklari asosida kodifikatsiya jarayonining boshqa huquqiy oilalardan umumiy va farqli tomonlari, zamonaviy kodifikatsiyalash jarayonining rivojlanish tendensiyalari kabi masalalar tahlil qilingan. Kodifikatsiya jarayonining mazmunida yangi tendensiyalar sodir boʻlmoqda, masalan, fuqarolik kabi sohaga oid kodekslardan farqli oʻlaroq, koʻproq funksional kodekslar, xususan, byudjet, saylov, jinoiy, mehnat va hokazo sohalarda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Maqolada zamonaviy yuridik fanda kodifikatsiya nazariyasini ishlab chiqish va takomillashtirish zarurligiga e’tibor qaratilgan. Kodifikatsiyalash mezonlari yetarlicha ishlab chiqilmaganligi, uning muayyan huquq sohasida zarurligi aniqlanmaganligi, kodifikatsiya nazariyasi amaliyotdan ancha orqada qolayotganligi asoslanadi.
Kalit so'zlar
qonunchilikni tizimlashtirish, inkorporatsiya, konsolidatsiya va kodifikatsiya, kodeks, qonunlar kodeksi, kodifikatsiya jarayoni, romano-german huquqiy oilasi, anglo-sakson huquqiy oilasi, Markaziy Osiyo mintaqasining huquqiy tizimi.
Iqtibos uchun
For citation: