TO‘LOVGА QOBILIYATSIZLIK VUJUDGА KELISHIGА АSOS BO‘LАDIGАN TАLАBLАR:
PUL MАJBURIYATLАRI VА MАJBURIY TO‘LOVLАR
Xudaybergenov Behzod Baxtiyorovich
Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada to‘lovga qobiliyatsizlik holati vujudga kelishini aniqlash maqsadida kreditorlar tomonidan bildiriladigan barcha talablar tizimlashtirilgan. Mazkur talablar pul majburiyatlari va majburiy to‘lovlar sifatida ikki toifaga ajratilib, ularning tarkibiga qaysi qarzdorliklar kirishi batafsil yoritilgan. “Pul majburiyatlari” kategoriyasining mohiyatini yoritishda fuqarolik huquqi va mehnat huquqi normalari o‘zaro qiyoslangan, “majburiy to‘lovlar” tushunchasining mazmuni esa soliq qonunchiligi normalariga tayangan holda ochib berilgan. Tahlil natijasida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik uchun maqbul bo‘lgan, aniq va sodda kreditorlarning talablar ro‘yxati shakllantirilgan. Shuningdek, bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atishda qaysi talablar inobatga olinishi lozimligi, bu boradagi xorijiy davlat tajribasi, bartaraf etish lozim bo‘lgan muammoli holatlar alohida o‘rganilgan. Bankrotlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish faqat birlamchi talablarga tayanilishi, ikkilamchi talablar (neustoyka, jarima, kompensatsiya va rag‘batlantirish summalari) ishni qo‘zg‘atishga asos bo‘lmasligi haqida xulosalarga kelingan. Bundan tashqari, tadqiqot davomida ayrim davlatlar qonunchiligida qo‘llaniladigan reabilitatsiya ishini qo‘zg‘atishga asos bo‘ladigan talablar, ayniqsa, shaxsiy munosabatlardan kelib chiqadigan va intellektual faoliyat bilan bog‘liq talablarning o‘rni masalasiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlik, kreditor, qarzdor, reabilitatsiya, pul majburiyatlari, majburiy to‘lovlar, asosiy qarz.
Iqtibos uchun
For citation: