NORMA IJODKORLIGI JARAYONIDAGI AXBOROTNING TASNIFLANISHI VA TURLARI

Sodiqov Akmal Shavkat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada norma ijodkorligi jarayonida foydalaniladigan axborotning tasnif­lanishi, turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Res­publikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ilmiy-nazariy konseptual yondashuvlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jarayonida foydalaniladigan axborotning tasniflanishini tadqiq etish orqali O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy, tizimli-tuzilmaviy, mantiqiy, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy, ilmiy manbalarni kompleks tadqiq etish va statistik ma’lumotlar tahlili kabi usullardan foydalanilgan. Mazkur tadqiqot ishi natijasida norma ijodkorligi jarayonida foydalaniladigan axborotni tasniflash metodikasi (uslubiyoti) ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, axborot tashuvining moddiyligi (moddiy va moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan), ifoda shakli (yozma, elektron va og‘zaki), normativ xususiyati (huquqiy va huquqiy bo‘lmagan), foydalanish erkinligi (ochiq, maxfiy va kirish imkoniyati cheklangan), taqdim etish tartibi (majburiy ravishda taqdim etiladigan va tavsiyaviy xarakterdagi), axborotning kelib chiqish manbasi (birlamchi, ikkilamchi va umumiy manbalardan kelib chiqadigan axborot) bo‘yicha axborotni tasniflash hamda tizimlashtirish asoslab berildi. Tadqiqot natijalaridan ilmiy izlanishlar olib borish, normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini sharhlash, milliy qonunchilikni takomillashtirish, Davlat va huquq nazariyasi, Norma ijodkorligi va Yuridik texnika o‘quv modullaridan ta’lim berish hamda mazkur modullarni ilmiy-nazariy jihatdan yanada boyitishda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
axborot, axborot turlari, norma ijodkorligi, norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlash, huquqiy axborot, huquqiy bo‘lmagan axborot, axborotni tasniflash metodikasi.
Iqtibos uchun
For citation: