IJTIMOIY TARMOQLARDAGI SOXTA XABARLAR VA ULARGA BELGILANGAN QONUNIY CHORA YO‘SINLARI
Abrorov Javohir Ismatullayevich
Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada internet foydalanuvchilari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oqibatlari bayon etilgan. Maqolada yoritilgan muammo mazmunining nechog‘lik dolzarbligi birgina jamiyat doirasi bilangina cheklanib qolmasdan, davlat siyosatiga molik masalalar ekanligi taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanilganligi asoslab berilgan. Qonun buzilish holatlari dalillarga tayangan holda tahlil qilingan. Shu bilan birgalikda, muammoning ilmiy ishlab chiqish darajasi, bunga doir olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning mazmuni yoritilgan. Maqolada bunday holatlarni bartaraf etish xorij tajribasiga asoslangan holda o‘rganilishi lozimligi, bu borada mutaxassislarning bergan ilmiy xulosa va takliflari bayon etilgan. Soxta xabarlarning tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar qanday holatlarda yuzaga kelishi o‘rganilgan. Bunday jinoyatlar sodir etilsa-da, qonunbuzarlarga qonuniy chora ko‘rish yo‘llari mavjud emasligi, hali hamon kamchiliklar mavjudligi daliliy isbotlar bilan yoritilgan. Xo‘sh, O‘zbekistonda bunga nisbatan qanday chora-tadbirlar ko‘rilayotgani, qonunchilikning bunga fikri qandayligi atroflicha o‘rganilgan. O‘zbekiston uchun soxta xabarlar mavzusi nima uchun muhimligi analiz qilingan. Olingan ma’lumotlarga tayangan holda yakuniy yechim va takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
feyk xabarlar, axborot erkinligi prinsipi, vertual resurslar, deep-fakes, kiberjinoyatchilik, kiberxavfsizlik tashkilotlari, media-savodxonlik dasturi.
Iqtibos uchun
For citation: