AYRIM XORIJIY MAMLAKATLARDA TERGOV QILISHGA YOKI SUD ISHLARINI HAL ETISHGA ARALASHISH JINOYATI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI
Anorboyev Murodjon Raxmanqul о‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi, xususan, Jinoyat kodeksi “Odil sudlovga qarshi jinoyatlar” bobi “Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish” moddasi normalari tahlil qilingan. Maqolaning asosiy vazifalaridan biri tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatini ayrim xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligi normalari asosida qiyosiy tahlil qilish va shu orqali ushbu sohaning huquqiy asoslarini muntazam ravishda takomillashtirib borish, ushbu jinoyatlarga qarshi kurashda yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan kо‘plab huquqiy muammolarni bartaraf etishdan iborat. Shu bilan birga, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyatining belgilari, sohadagi jinoiy munosabatlarning obyektiv va subyektiv jihatlari yoritib berilgan. Tadqiqotning asosiy mazmuni, mazkur sohadagi munosabatlarda vujudga keluvchi holatlarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilik rivojlanishini tahlil qilishdir. Bundan tashqari, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish jinoyati sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik jarayonini yanada rivojlantirish uchun tegishli xulosalar chiqarildi.
Kalit so'zlar
odil sudlov, aralashuv, hal etish, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sudya, tergov, sud ishlari, jinoyat ishi.
Iqtibos uchun
For citation: