RAQOBAT HUQUQIDA USTUN MAVQE TUSHUNCHASI: XORIJIY TAJRIBA
Ahrorova Sayohat Akram qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqola raqobat huquqi va uning asosiy tushunchalariga qisqacha yondashuv bilan birga, bugungi kunda milliy qonunchilik uchun huquqiy tartibga solinishga ehtiyoj sezuvchi ustun mavqe tushunchasi, uning yuridik tabiati hamda tartibga solish ahamiyati nuqtayi nazaridan muallif fikrlarini yoritib oʻtadi. Raqobat, raqobat siyosatining yuritilishi hamda raqobatlashish bozor munosabatlari bilan bogʻliq tabiiy-ijtimoiy hodisa boʻlib, ushbu tushuncha, oʻz navbatida, ham iqtisodiy, ham huquqiy jihatlarni qamrab oladigan jarayon sanaladi. Qolaversa, rivojlanib borayotgan bozor munosabatlaridan kelib chiqib, erkin raqobat munosabatlarini oʻrganish oʻzida bir qator dolzarb masalalarni aks ettiradi. Davr, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar, sharoitlar, imtiyoz va afzalliklar berilayotganligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar sonining koʻpayib borayotganligi, erkin raqobat munosabatlarining rivojlanishi hisobidan ushbu munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalarini oʻrganilishi, tadqiqot olib borilishi hamda rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni talab qilmoqda. Raqobat muhitining rivojlanib borishi uni inkor etuvchi ayrim holatlarning parallel ravishda oʻsib borishidan xoli yuzaga kelmaydi, bulardan biri – ustun mavqe kategoriyasi hisoblanadi va maqolada bu atroflicha o‘ganilgan.
Kalit so'zlar
raqobat, iqtisodiy kategoriya, ustun mavqe, monopol mavqe, tovar bozori, milliy qonunchilik, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, monopoliya.
Iqtibos uchun
For citation: