INVESTITSIYA FONDLARINI TASHKIL ETISH VA ULARNING FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH BO‘YICHA AQSH TAJRIBASI

Jumag‘ulov Alisher Ernapasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada dunyoning moliyaviy markazlaridan biri bo‘lgan AQShda investitsiya fondlarining paydo bo‘lish tarixi, investitsiya fondlariga oid qonunchilikning vujudga kelishi va investitsiya fondlari faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni tahlil qilinadi. Dunyoda ilk ochiq investitsiya fondi AQShda tashkil etilgan bo‘lib, u hozirgi kunga qadar muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 1940-yilda qabul qilingan “Investitsiya kompaniyalari to‘g‘risida”gi Qonun investorlar huquqlari mustahkam himoya qilib, investitsiya fondlarining taraqqiyotiga yo‘l ochdi. Maqolaning birinchi qismida AQSh investitsiya fondlarining vujudga kelish tarixi yoritib beriladi. AQSh investitsiya fondlari 100 yillik tarixga ega bo‘lsa-da, ularning taraqqiyoti 1970-yillarga to‘g‘ri keladi. Maqolaning ikkinchi qismida investitsiya kompaniyalarining mohiyati, ularning zaruriy belgilari bayon qilinadi. AQSh qonunchiligi muayyan kompaniyani investitsiya kompaniyasi deb topish uchun qat’iy talablarni belgilaydi. Maqolaning uchinchi qismida faoliyati tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan investitsiya kompaniyalari tahlil etiladi. AQShda investitsiya fondlari turfa xil bo‘lib, barcha toifadagi investorlarning manfaatlariga xizmat qiladi. Maqolaning xulosa qismida esa investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish bo‘yicha AQSh tajribasining ijobiy jihatlari qayd etib o‘tilgan va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
Investitsiya fondi, investitsiya kompaniyasi, yunit-trastlar, tartibga solinadigan investitsiya kompaniyasi, tartibga solinmaydigan investitsiya kompaniyasi, xedj fondlar, xususiy investitsiya fondlari, malakali investor, chakana investor.
Iqtibos uchun
For citation: