FILIP MORRIS SARLNING URUGVAYGA QARSHI KEYSI MISOLIDA ADOLATLI VA TENG HUQUQLI REJIM STANDARTINING TAMAKI NAZORATIGA OID INVESTITSIYAVIY NIZOLARDAGI O‘RNI: O‘ZBEKISTONDA TAMAKI SIYOSATINI TARTIBGA SOLISH YUZASIDAN SABOQLAR VA HUQUQIY OQIBATLAR

Tojiboyev Sarvar Zafarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Zamonaviy xalqaro investitsiyaviy bitimlarda (IIA) adolatli va teng huquqli rejim standarti (FET) ta’minlanadi. Adolatli va teng huquqli rejim standarti – bu investorlarning manfaatlarini himoya qiluvchi muhim standarti bo‘lib, ko‘p hollarda investorlar tomonidan investitsiyaviy arbitrajlarda muvaffaqiyatli havola qilinadi. Hozirgi vaqtda adolatli va teng huquqli rejim standarti investor-davlat nizolarni hal qilishda (ISDS) eng muhim standart hisoblanadi. Ba’zi investorlar ushbu standartni tamaki nazorati holatlarida qo‘llashgan. Tamaki nazorati deganda, tamaki iste’molini va tamaki tutuniga ta’sir qilishni to‘xtatish yoki kamaytirish orqali aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan takliflar va uning zararini kamaytirish strategiyalari tushuniladi. Philip Morris SARL ko‘p millatli tamaki kompaniyasi bo‘lib, so‘nggi o‘n yil ichida Avstraliya va Urugvayga qarshi investitsiya arbitrajlarida tamaki nazorati rejimiga qarshi ikki marta e’tiroz bildirgan. Philip Morris SARL Avstraliyaga qarshi ishda ish yuzasidan arbitraj sudi o‘zining yurisdiksiyasi mavjud emasligini ma’lum qilgan. Boshqa tomondan Philip Morris SARL Urugvayga qarshi ishi merit (asoslash) bosqichiga yetib borgan, ammo investorning da’vosi arbitraj sudi tomonidan rad etilgan. Har ikkala urinish ham mezbon davlat tomonidan aholi salomatligini himoya qilgani uchun Philip Morris SARL muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Biroq Philip Morris SARLning adolatli va teng huquqli rejim standarti haqidagi da’volari qo‘shimcha tahlilga loyiq, chunki kelajakda O‘zbekiston va boshqa davlatlarga nisbatan ham xuddi shunday investitsiyaviy nizo kelib chiqish ehtimoli mavjud.
Kalit so'zlar
xalqaro investitsiya shartnomalari, adolatli va teng huquqli rejim standarti, investor va davlat o‘rtasidagi nizolarni hal qilish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Tamaki nazorati bo‘yicha doiraviy konvensiyasi, investorning qonuniy umidlari, ikki tomonlama investitsiya shartnomasi.
Iqtibos uchun
For citation: