MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARINING SIYOSIY PARTIYA GURUHLARI FAOLIYAT
SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI
Babadjanov Atabek Davronbekovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqola mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining siyosiy partiya guruhlari faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bо‘lib, ushbu soha bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ilg‘or tajribalari о‘rganilib, mazkur yо‘nalishdagi amaliy muammolar ilmiy tahlil qilingan holda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining siyosiy partiya guruhlari faoliyat samaradorligini baholash mezonlari hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, maqolada xalq deputatlari Kengashlari muayyan hududning vakillik organi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga oid dasturlarni, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va tasdiqlash jarayonida ishtirok etishi, shu bois bunday faoliyat deputatlardan rivojlanish va tartibga solishning turli jihatlari bо‘yicha keng dunyoqarashga va tegishli malakaga ega bо‘lishni talab qilishi, lekin mahalliy vakillik organlari deputatligiga nomzodlar malakali tanlov asosida emas, balki umumiy ovoz berishi natijasida saylanishi maqolada atroflicha о‘rganilib, tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, siyosiy partiya, partiya guruhlari, kо‘ppartiyaviylik, deputat, saylov va baholash mezonlari.
Iqtibos uchun
For citation: