DASTLABKI TERGOVDA QO‘LLANILAYOTGAN AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI TUSHUNCHASI VA UMUMIY TAVSIFI

Bazarova Dildora Baxadirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada dastlabki tergovda qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tushun­chasi va umumiy tavsifi ijobiy va salbiy taraflari ko‘rib chiqiladi. Qayd etilishicha, jamiyatdagi umumiy raqamlashtirishni hisobga olgan holda, kelajakda jinoiy ish yuritish jiddiy o‘zgarishlarga duch keladi. Bunga, xususan, elektron hujjat aylanishi, tergov va sud harakatlarini masofaviy o‘tkazish shakllari, protsessual qarorlarni qabul qilishda algoritmlar va matematik hisob-kitoblarni qo‘llash, robototexnika vositalarini keng joriy etish ko‘maklashadi. Muallifning fikricha, ko‘p jihatdan kelajakdagi “elektron” odil sudlovi axborot xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklarini, shuningdek, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birgalikda, mavjud axborot texnologiyalari bo‘yicha ayrim xususiy masalalar qonun darajasida hal etilmaganligi, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksida asosiy eʼtibor elektron tashuvchilarni olib qo‘yishga qaratilgan va elektron maʼlumotlardan nusxa ko‘chirish yetarli darajada tartibga solinmasligi, yuridik adabiyotlarda ushbu masalalarni muhokama qilishda ham shunday holat saqlanib qolayotganligi haqida mulohaza olib boriladi. Bundan tashqari, amalda elektron tashuvchi vositalarining olib qo‘yilishi yuridik va jismoniy shaxslar uchun tobora ko‘proq qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi bois, elektron tashuvchi vositalarning egalari va foydalanuvchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini hisobga olgan holda elektron axborotdan nusxa ko‘chirish tartibini batafsil tartibga solish talab etilishi borasida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar
elektron jinoyat ishi, axborot texnologiyalari, jinoyat protsessi, algoritm, robototexnika.
Iqtibos uchun
For citation: