KORRUPSIYANI KELTIRIB CHIQARISHGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR
Аloyev Ulug‘bek Maxmudovich
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Аkademiyasi mustaqil izlanuvchi
Rozimova Qunduz Yuldashevna
Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsent v.b, PhD
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan milliy normativ-huquqiy hujjatlardagi ayrim omillar tahlil qilingan. Jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishning fuqarolar uchun qimmatligi, qonunchilikda davlat organlariga haddan tashqari keng vakolatlarning berilganligi, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar sifatida tahlil qilingan. Shu bilan birga, qonun hujjatlari va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatdagi korrupsiya omillarini bartaraf etishda muhim ahamiyatga egaligi va nazariyada qonun hujjatlari normalari talablariga rioya etishning qimmatligi sabablari ko‘rsatilgan. Korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yangi tartib-taomil yaratish usuli jamiyatdagi muayyan muammoni vaqtincha hal etishga yordam bersa-da, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingandan to kuchga kirgunga qadar mazkur hujjatning kelgusida korrupsiyaga taʼsirini baholab bermasligiga ham eʼtibor qaratilgan. O‘zbekistonda xufiyona iqtisodiyotning yuqori darajasi saqlanib qolinayotganligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotida xufiyona iqtisodning ulushi ham ko‘rsatilgan. Mazkur maqolada korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiya, qonun normasi, mansabdor shaxs, maʼmuriy to‘siqlar, qonun talabi, xufiyona iqtisodiyot, diskretsion vakolatlar, maʼmuriy javobgarlik.
Iqtibos uchun
For citation: