ALIMENT UNDIRISH TO‘G‘RISIDAGI SUD QARORLARINI IJRO ETISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI

Subhonov Sherali Muhammad o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanligi kafolatlangan. Mazkur maqolada alimentni ixtiyoriy to‘lash, uni sud tartibida undirish, aliment to‘lamaganlik uchun javobgarlik, aliment qarzini undirish, aliment qarzini to‘lashdan ozod qilish, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs chet davlatga ketayotganida, aliment to‘lashi, aliment miqdorini o‘zgartirish yoki aliment to‘lashdan ozod qilish, aliment majburiyatlarining tugatilishi, alimentni majburiy undirish ta’rifi berilgan. Shuningdek, aliment undirish to‘g‘risidagi ishlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilish, bolalar huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ota-onalar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan masalalar yoritilgan. Aliment undirish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari, sud qarorlarini ijro etish tartibi, o‘ziga xos protsessual xususiyatlari, sud amaliyoti va qonunchilikdagi muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Ushbu tadqiqotdan maqsad sud amaliyoti tahlili asosida va amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarini e’tiborga olgan holda, bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida yagona sud amaliyotini shakllantirishdir.
Kalit so'zlar
aliment, aliment undirish, aliment majburiyatlari, ijro, darhol ijro, sud buyrug‘i, sud hal qiluv qarori.
Iqtibos uchun
For citation: