FUQAROLIK PROTSESSIDA ADVOKAT FAOLIYATINING DOLZARB MUAMMOLARI: MILLIY VA XORIJiy TAJRIBA

Bebutova Zarnigor Faxriddinovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida advokat ishtirokida amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar, ushbu islohotlarni amalga oshirishga sabab bo‘lgan holatlar, islohotlardan ko‘zlangan maqsadlar, fuqarolik protsessida advokat tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirishning umumiy strukturasi, yaʼni advokatning protsessda ishtirok etishining huquqiy asoslari, shakli va tartibi, uning huquqiy maqomi, fuqarolik protsessida advokatning huquq va majburiyatlari, vakolatlarini rasmiylashtirish tartibi, advokatning fuqarolik protsessida vakillikni amalga oshiradigan boshqa shaxslardan farqli jihatlari, advokatning fuqarolik protsessining har bir bosqichida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalari va ushbu vazifalarni amalga oshirishda advokat foydalanadigan vositalar, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs va protsessning boshqa ishtirokchilari bilan bo‘lgan munosabati tahlil etilgan. Аdvokatning fuqarolik protsessidagi faoliyatiga oid qonunchilik normalari tahlil qilinib, ular o‘rtasidagi nomuvofiqliklar va takrorlanuvchi normalar aniqlangan. Shuningdek, ushbu sohadagi milliy va xorijlik olimlarning bu boradagi nuqtayi nazarlari o‘rganilgan. Bu boradagi xorijiy davlatlar qonunchiligi va ijobiy tajribasi ko‘rib chiqilgan va milliy qonunchilik bilan qiyosiy tahlil qilingan. Mazkur soha va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik protsessi, advokatlik faoliyati, vakil, protsessda advokatning majburiy ishtiroki, advokatning huquqlari, majburiyatlari, advokatning guvohnomasi, advokatlik orderi, ishonchnoma.
Iqtibos uchun
For citation: