FUQAROLIK SUD ISHLARINI RAQAMLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI

Pirmatov Otabek Shavkatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlariga sun’iy intellektni tatbiq etish orqali odil sudlov faoliyati shaffofligini oshirish mumkinligi bayon etilgan. Sun’iy intellekt huquqiy maslahat, qaror qabul qilishda yordam yoki taraflarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga qaratilgan protsessual harakatlarni amalga oshirishi yoritib berilgan. Shuningdek, ushbu maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda sun’iy intellekt joriy etilishini ta’minlashda sud majlislarining audio va video bayonnomalarini tuzish maqsadida nutq va videoni tanib olish tizimlaridan foydalanish, sud hujjatlari loyihalarini avtomatlashtirilgan holda tayyorlash, sud jarayoni ishtirokchilarining sun’iy intellektdan foydalanishi, fuqarolarning biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalaridan foydalanish orqali sud majlislarida masofaviy ishtirok etishini kengaytirish, nizolarni kamaytirish maqsadida fuqarolik sud ishi natijalarini bashorat qilish tizimlarini joriy etish orqali huquqiy ongni oshirish kabi masalalar bayon qilingan. Maqolada sun’iy intellekt sud markazida algoritmlar va katta ma’lumotlarni tahlil qilib, sud jarayoniga integratsiya qilish natijasida inson omilini kamaytirishga xizmat qilishi, sudyalarga ma’lumotnoma sifatida o‘xshash ishlarni avtomatik ravishda ko‘rsata oladigan tizimlardan tortib sudya ko‘rib chiqishi uchun qarama-qarshiliklar yoki tegishli ma’lumotlarni avtomatik aniqlay oladigan tizimlarni ham qamrab olishi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Kalit so'zlar
sun’iy intellekt, odil sudlov, avtomatlashtirish, audio bayonnomalar, biometrik identifikatsiya, raqamlashtirish.
Iqtibos uchun
For citation: