MA’MURIY SUD ISH YURITUVI TUSHUNCHASI VA MAZMUNI ILMIY-NAZARIY TAHLILI

Bakayev Shaxriyor Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’muriy sud ish yurituvining tushunchasi va mazmuni mazkur huquqiy institutning kelib chiqish tarixi hamda huquqshunos olimlarning bu boradagi qarashlari asosida ilmiy-nazariy tahlil qilingan hamda tizimlashtirilgan. Jumladan, ma’muriy sud ish yurituvi tushunchasi dastlab Fransiya, keyinchalik esa Germaniya, Shveytsariya, Italiya hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunchiligida ishlatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, ma’muriy sud ish yurituvi huquqshunos olimlar tomonidan uch xil mazmunda tushunilishi bayon etilgan. Olimlarning bir guruhi ma’muriy sud ish yurituvi deganda shaxsni sodir etgan ma’muriy huquqbuzarliklari uchun sud tartibida ma’muriy javobgarlikka tortishni tushungan bo‘lsa, ularning qolgan bir qismi sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning hal etilishini, ya’ni fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari va mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) va qarorlari ustidan bergan shikoyatlarining ko‘rilishi va hal etilishini tushungan. Uchinchi guruh olimlar esa “ma’muriy sud ish yurituvi” deganda sudning ikki xil faoliyatini, ya’ni sud tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarning hal etilishini hamda uning ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishdagi ishtirokini tushungan. Keltirilgan tahlillar asosida ma’muriy sud ish yurituvining tushunchasiga mualliflik ta’rifi berilgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
ma’muriy sud ish yurituvi, ma’muriy yustitsiya, ommaviy-huquqiy munosabatlar, ma’muriy-huquqiy nizolar, sud hokimiyati, ma’muriy sudlar.
For citation: