CHET EL HUQUQI NORMALARI HAMDA CHET EL HUQUQIGA HAVOLA ETISH TUSHUNCHASI VA MOHIYATI
Joldasova Shahnoza Botirovna
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlarning tartibga solinishida, jumladan, ma’lum nizoli holatlar yuzaga kelganda, chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda chet el huquqiga havola etish masalasi to‘g‘ri ko‘rib chiqilishi hamda tatbiq etilishi muhimdir. Bu bevosita nizoning to‘g‘ri, samarali va adolatli hal etilishiga asos bo‘ladi. Shuning uchun, birinchi navbatda, huquqni qo‘llovchi organlar, ayniqsa, sudyalar tomonidan chet el huquqi normalari hamda chet el huquqiga havola etish tushunchasi va mohiyatini tushunish va anglab olish alohida dolzarblik kasb etadi. Shunga asosan, mazkur maqolada chet el huquqi normalari hamda chet el huquqiga havola etish masalalari moddiy-huquqiy hamda kollizion-huquqiy tartibga solishga bog‘langan holda tadqiq qilingan. Jumladan, tadqiqot doirasida odil sudlovni ta’minlash, chet el fuqarolari huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli himoya qilinishi uchun chet el huquqi sudlar tomonidan to‘g‘ri va asosli qo‘llanilishi, bunda chet el huquqiga havola etishni kollizion-huquqiy tartibga solish usuli orqali amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan. Muallif tomonidan chet el huquqining chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatga nisbatan qo‘llanilishi ushbu munosabatni uning rivojlanishi ko‘proq tabiiy tarzda amalga oshiriladigan yaqin ijtimoiy va madaniy muhitga birlashtirish imkonini berishi to‘g‘risida xulosa qilingan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
For citation: