O‘ZBEKISTONDA JAMOATCHILIK MUHOKAMALARINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MASALALARI

Yo‘ldoshev Azizjon Ergash o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b., yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada jamoatchilik muhokamalari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va ularni qo‘llash amaliyoti, ushbu sohadagi xorijiy amaliyot va ilmiy qarashlar tadqiq etilgan. O‘rganish jarayonida bunday muhokamalar ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, ular ishtirokchilarining takliflari va fikrlarini hisobga olishda hamda ushbu sohani huquqiy tartibga solishdagi boshqa muammolar mavjudligi aniqlangan. Muallif jamoatchilik muhokamalarini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari barobarida, davlat organlari tomonidan o‘tkazish amaliyotini tadqiq qilgan va “jamoatchilik muhokamalari” ta’rifini to‘liqroq ochib berishga harakat qilgan. Maqolada qonun loyihalarining umumxalq muhokamalari jamoatchilik muhokamalarining bir turi ekanligi va bunda onlayn texnologiyalardan foydalanish samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamalari yo‘lga qo‘yilganligi ushbu jarayonning atroflicha tartibga solinganligi bilan bog‘lanadi. Shu asosda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazishni huquqiy tartibga solish borasida tavsiyalar ishlab chiqilgan. Muallif bu borada mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish umumiy qoidalarini ishlab chiqish, shu jumladan, jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari takliflariga davlat organlari tomonidan javob berishni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ilgari surgan.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
jamoatchilik muhokamasi, onlayn muhokama, ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar, umumxalq muhokama, takliflarni inobatga olish.
For citation: