TILSHUNOSLIKDA YURIDIK DISKURS O‘RGANILISHI: MAQSAD VA VAZIFALARI
Jumaniyozova Nuriya Ahmedovna
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqola yuridik diskurs va uning tilshunoslikda o‘rganilishi haqida bo‘lib, yuridik diskursning o‘rganilish bosqichlari va yondashuvlari yuzasidan zaruriy ma’lumotlar beradi. Bilamizki, yurislingvistikaning obyekti hisoblanuvchi institutsional diskursning mazkur turi bugungi kunga qadar ko‘plab xorijiy tilshunos va huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida bu diskurs turi pragmalingvistik yondashuv asosida hanuzgacha o‘rganilmagan. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Shuning uchun maqolada dastlab yuridik diskursning uchta yondashuv doirasida o‘rganilishi misollar bilan ko‘rsatilgan va shu qatorda uning boshqa diskurs turlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi maqsad va vazifalari haqida ham fikr yuritilgan. So‘zsiz, bugungi kunda yuridik diskursning lingvistik tahlili va o‘rganilishi katta ahamiyatga ega, chunki ushbu diskurs turi nafaqat qonun, balki hayotning barcha jabhalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Demak, til va qonun o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish ko‘pgina sohalarning obyektiga aylangan, shu jumladan, tilshunoslikning ham. Yuridik diskurs – bu barcha yuridik tuzilmalar, ular doirasida qo‘llaniladigan ham og‘zaki, ham yozma yuridik matnlar va ularning o‘ziga xos maxsus professional atamalaridan iborat bo‘lgan, shuningdek, yuridik til va yuridik nutqning barcha qoida va me’yorlariga bo‘ysunuvchi institutsional diskurs turidir.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
yuridik diskurs, yondashuv, sud lingvistikasi, tilshunoslik, professional atamalar, metaforik modellashtirish, yuridik til, yuridik nutq.
For citation: