SOLIQ INTIZOMINI BUZGANLIK UCHUN MOLIYAVIY JAVOBGARLIK

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda soliq sohasidagi qonun buzilishlarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada soha qonunchiligini tegishlicha takomillashtirishning ijobiy samarasi asosida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan soliq sohasidagi qonun buzilishlarning miqdor jihatidan kamayishi asoslangan. Soliq huquqbuzarliklarining oldini olish soliq siyosati ustuvorligiga aylanishi lozimligi hamda bunga soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish, soliq monitoringi va nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy etish, soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashish kabilarni hayotga tatbiq etish orqali erishilishi tahlil qilingan. Shuningdek, soliq intizomini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlik borasidagi vazifalarni hal qilish muhim ekanligi tahlil etilgan. O‘zbekistonda soliq intizomini buzganlik uchun moliyaviy javobgarlikning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
soliq agenti, soliq intizomi, soliq ma’muriyatchiligi, soliq tizimi, majburiyat, huquqbuzarliklar, soliq turlari, majburiy to‘lovlar, soliq majburiyati, soliq to‘lovchi, javobgarlik, moliyaviy javobgarlik, yuridik javobgarlik.
Iqtibos uchun
For citation: