JAHON SAVDO TASHKILOTI DOIRASIDA TURIZM XIZMATLARI BOZORINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

Usmanova Surayyo Bultakovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada Jahon Savdo Tashkilotining Xizmatlar savdosi bo‘yicha Bosh kelishuvi (GATS) doirasida turizm xizmatlari bozoriga kirish, ularni tartibga solish hamda huquqiy jihatlarni uyg‘unlashtirish masalalari atroflicha o‘rganilgan. Maqolada, avvalo, GATSning asosiy majburiyatlari – eng qulay sharoit rejimi (MFN), shaffoflik tamoyili, bozorga kirish imkoniyatlari va milliy rejimning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Ushbu tamoyillarning turizm xizmatlari bozoriga qanday tatbiq etilishi, ularning milliy qonunchilik va ichki siyosatga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Muallifning fikricha, turizm sohasidagi liberallashtirish jarayoni nafaqat iqtisodiy raqobatni kuchaytiradi, balki xizmatlar sifatini oshirish, innovatsion mahsulotlarni joriy etish va xalqaro standartlarga mos muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, maqolada liberallashtirish jarayonida iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va jamoat manfaatlarini kafolatlash zarurligi ta’kidlangan. Xususan, xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar uchun teng huquqli sharoit yaratish turizmning uzoq muddatli rivojlanishi uchun muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, GATS doirasidagi xalqaro qoidalarni milliy siyosat bilan uyg‘unlashtirish turizm sohasining barqaror rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga olib keladi.
Kalit so'zlar
JST, GATS, turizm xizmatlari, bozorga kirish, ichki tartibga solish, liberallashtirish, O‘zbekiston
Iqtibos uchun
For citation: