IJTIMOIY XAVF GURUHIGA KIRUVCHI YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI: TOSHKENT VILOYATI VA TOSHKENT SHAHRI MISOLIDA
Djumaniyazova Dilfuza Kamalovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi
Shayakubov Shomansur Shakabilovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Umumtaʼlim fanlar va madaniyat kafedrasi mudiri oʻrinbosari, tarix fanlari nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 11-aprelda “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolarini hal qilishga koʻmaklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yoʻlga qoʻyish” loyihasi doirasida tayyorlandi. Ushbu maqolada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16–21 yoshdagi ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari asosida ijtimoiy xavf guruhiga mansub yoshlarning ruhiy-emotsional holati, jamiyatdagi oʻrni va psixologik ehtiyojlari tahlil qilindi. Tadqiqot doirasida yoshlarning stress, depressiya, ijtimoiy izolyatsiya, tushunmovchilik, qonunbuzarlikka moyillik, oʻzini yolgʻiz his qilish, psixologik yordamga ehtiyoj kabi koʻrsatkichlari atroflicha oʻrganildi. Soʻrov natijalari yoshlarning katta qismi ijtimoiy faol muhitda boʻlishiga qaramasdan, maʼlum qismida ruhiy iztirob, eʼtirof etilmaslik, qoʻllab-quvvatlov yetishmasligi va ichki zoʻriqishlar mavjudligini koʻrsatdi. Maqolada diagramma va foizli tahlillar orqali yoshlarning faoliyati, oilaviy munosabatlari, jamiyat bilan integratsiya darajasi, empatiya va kelajakka boʻlgan qarashlari xususida aniq tasavvur hosil qilish mumkin. Shuningdek, soʻrov natijalari asosida yoshlar bilan ishlashda psixologik maslahat, individual yondashuv, profilaktik tadbirlar va huquqiy tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishga oid aniq tavsiyalar berilgan. Ushbu maqola ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bilan ishlashda amaliy qoʻllanma sifatida foydalanilishi mumkin boʻlib, tegishli tashkilotlar, taʼlim muassasalari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun muhim manba hisoblanadi.
Kalit so'zlar
ijtimoiy xavf guruhi, ruhiy salomatlik, stress, depressiya, soʻrovnoma, psixologik qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy izolyatsiya, huquqiy xabardorlik
Iqtibos uchun
For citation: