KORRUPSIYANING OLDINI OLISHDA MAʼLUMOTLARNING TAQSIMLANGAN REYESTRI (BLOKCHEYN) TEXNOLOGIYASI AHAMIYATI

Meliyev Xudoyor Xurramovich

yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Dunyo mamlakatlarida maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri (blokcheyn) texnologiyasidan foydalanish tobora ahamiyat kasb etib bormoqda. Jahon tajribasida korrupsiyaning oldini olishda raqamli maʼlumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash uchun ushbu texnologiyadan keng foydalaniladi. Oʻzbekistonda ham bu borada raqamli innovatsiyalar imkoniyatlaridan, xususan, blokcheyn texnologiyasidan foydalanish muhim hayotiy ahamiyatga ega. Maqolada maʼlumotlarni xavfsiz va shaffof tarzda saqlash uchun foydalaniladigan zamonaviy texnologiya – blokcheyn tushunchasi, mazmuni va uning raqamlashtirishda tutgan oʻrni koʻrib chiqilgan. Davlat xizmatlarini raqamlashtirishda shaffoflikni oshirish orqali korrupsiyani kamaytirish davlat muassasalariga nisbatan ishonchni mustahkamlashga ham yordam beradi. Bu esa mavzuning qanchalar dolzarbligini belgilaydi. Muallif Oʻzbekistonda ham bu texnologiyani rivojlantirishning ayrim huquqiy va institutsional jihatlarini, jumladan, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud maʼlumotlar bazasini raqamlashtirish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik normalarini o‘rgangan. Shu bilan birga, maqolada maʼlumotlarning ishonchliligi, xavfsizligini taʼminlashda, korrupsiyaning oldini olishda blokcheynning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tadqiqotda ushbu texnologiyani turli sohalarda qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribalar qiyosiy-huquqiy tahlil, sintez, kuzatish metodlari asosida tahlil qilingan. Xulosada tahlillar natijalariga koʻra korrupsiyaga qarshi kurashishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish boʻyicha takliflar ilgari surilgan. J. Herring, G.M. Gexfenbaum, V.N. Vinokurov, A.V. Nikulenko va boshqalarning oxirgi zaruratda zararni baholashga qaratilgan fikrlari nazariy jihatdan oʻrganildi. Zararni baholash uchun jinoyat huquqi nazariyasida uchraydigan ikki xil tamoyil, yaʼni zaruriyat va mutanosiblik tamoyillari tahlil etildi. Shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga murojaat etilgan holda mazkur davlatlarda mavjud sud amaliyoti materiallari tahlil qilingan. Nafaqat milliy va xorijiy olimlarning nazariy qarashlari, balki yuzdan ortiq huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari oʻrganilib, yakunda xulosa qilindi. Shu bilan birga, jinoyat qonunchiligimizdagi ayni normalarni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oxirgi zarurat normalarini takomillashtirishga qaratilgan nazariy gʻoyalarga “Quad necessitas non habet legem” va “Necessitas vincit legem” tamoyillari asos sifatida olindi.
Kalit so'zlar
maʼlumotlarning taqsimlangan reyestri, blokcheyn, raqamlashtirish, korrupsiyaning oldini olish, maʼlumotlar bazalari, reyestr, nomarkazlashtirish, ochiqlik, oʻzgarmaslik
Iqtibos uchun
For citation: