SUNʼIY INTELLEKT TIZIMLARI OSHIQCHA XAVF MANBAYI SIFATIDA: FORS-MAJOR HOLATI

Isanov Xolmurod Ruziyevich

Toshkent davlat agrar universiteti Huquqshunoslik kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada oshiqcha xavf manbayi boʻlgan sunʼiy intellekt tizimlarida yuzaga keladigan fors-major holatining fuqarolik-huquqiy xususiyatlari ilmiy tahlil qilingan. Jumladan, fors-major holati tushunchasi, huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari xohish-irodasi va xatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan oldindan bashorat qilish, muayyan sharoitlar oqibatining oldini olish yoki bartaraf etish mumkin boʻlmagan favqulodda va muqarrar hodisa natijasida majburiyatlarning buzilishi hamda aybsiz zarar yetkazilishiga olib kelgan holatlar muhokama qilingan. Xususan, sunʼiy intellekt tizimlari bilan insonlar oʻrtasidagi munosabatlarning rivojlanib borayotganligi baʼzan mazkur tizimlarning insonga zarar yetkazishi va bunday zararlar turli-tuman tasodifiy hodisalar yoki sunʼiy intellekt tizimlarida vujudga keladigan texnologik nosozliklar, dasturiy xatolar tufayli yuzaga kelishi tahlil qilingan. Shu bilan birga, huquqshunos olimlar va amaliyotchilarning sunʼiy intellekt tizimlari huquqiy maqomi toʻgʻrisida bildirgan fikrlari o‘rganilgan. Sunʼiy intellekt tizimlari jarayonlari ustidan amalga oshiriladigan nazoratning mutlaq emasligi va mazkur tizimlarda yuzaga keladigan texnologik nosozliklar, dasturiy xatolar yoki toʻsatdan sodir boʻlgan tasodiflar tufayli insonlarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni belgilashda fors-major holatining fuqarolik-huquqiy xususiyatlari ochib berilgan. Maqolada, shuningdek, fors-major holatida sunʼiy intellekt tizimlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni istisno etishning asoslari boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
sunʼiy intellekt tizimlari, oshiqcha xavf manbayi, fors-major holati, texnologik nosozlik xatolari, dasturiy xatolar, sunʼiy intellekt tizimlari egasi, zarar yetkazgan shaxs, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, javobgarlikni istisno etish asosi
Iqtibos uchun
For citation: