JINSIY JINOYATLARNING OBYEKTIV BELGILARIGA DOIR ILMIY YONDASHUVLAR

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinsiy jinoyatlarning obyektiv belgilariga doir ilmiy yondashuvlar tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada jinsiy jinoyatlar shaxsga qarshi qaratilgan, jinsiy erkinlik va daxlsizlikka tajovuz qiluvchi, jamiyat uchun eng xavfli jinoyatlardan biri ekanligi hamda uning ijtimoiy xavfliligi borasidagi olimlarning fikrlari keltirilgan. Muallif maqolani tahlil qilish jarayonida jinsiy jinoyatlarning obyekti sifatida shaxsning normal jinsiy rivojlanishini tan oluvchi huquqshunoslar fikrini ham oʻrganib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirgan. Shuningdek, muallif mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118- va 119-moddalarini bir-biridan farqlovchi belgilari va jihatlariga ham toʻxtalib oʻtgan. Shu bilan bir qatorda, maqolada shaxsning jinsiy rivojlanishiga tajovuz qilish nafaqat jismoniy oqibat, balki birinchi navbatda, ruhiy va ijtimoiy xavf tugʻdirishi bilan bogʻliq ekanligi tahlil etilgan. Maqolada jinsiy jinoyatni sodir etishda, jinoyat sodir etayotgan shaxs jabrlanuvchining qarshiligini sindirish uchun hamda hali mavjud boʻlmagan qarshilikning oldini olish maqsadida qilingan harakatlar bilan bogʻliq zoʻrlik turlari ham oʻrganilgan.
Kalit so'zlar
jazo, javobgarlik, jabrlanuvchi, jinoyat, jinsiy, jinsiy daxlsizlik, jinoyat-huquqiy jihatlari, zoʻravonlik, tajovuz, nomusga tegish
Iqtibos uchun
For citation: