SUBYEKTIV HUQUQ VA HUQUQIY MANFAAT: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL

Hayitov Sherzod Raxmatullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada subyektiv huquq va huquqiy manfaatning nazariy-huquqiy jihatlari, ularning oʻzaro nisbati va farqli xususiyatlari, himoya mexanizmlari, bu boradagi milliy va xalqaro tajriba ko‘rib chiqilgan. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu borada subyektiv huquq va huquqiy manfaat institutlarining mohiyatini chuqur anglash, ularning himoya mexanizmlarini takomillashtirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Maqolada subyektiv huquq va huquqiy manfaatlar institutiga oid maʼlumotlar xorijiy va milliy tajriba asosida taqqoslash, deduksiya, analiz va sintez metodlari yordamida tahlil etilgan. Subyektiv huquq tushunchasi bir nechta mezonlar asosida tasniflangan, huquqiy manfaat tushunchasini yoritish bo‘yicha turli qarashlar va yondashuvlar tahlil qilingan. Shuningdek, huquqiy manfaatlarning Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar huquq tizimida tutgan oʻrni oʻrganilgan. Muallif turli ilmiy qarashlarni tahlil qilish orqali huquqiy manfaat tushunchasi talqinida uchraydigan muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish uchun o‘z taklif va mulohazalarini bildirgan. Ushbu tushuncha bilan bogʻliq yuridik kategoriyalarning mazmunan farqlanishiga oid ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so'zlar
manfaat, qonuniy manfaat, huquqiy manfaat, konstitutsiya, manfaatlarni himoya qilish, davlat manfaatlari, fuqaro, jamiyat, qonun
Iqtibos uchun
For citation: