JINOYAT HUQUQIDA IJTIMOIY XAVFLI HARAKAT TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA UNING BELGILARI

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori (DSc)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy xavfli harakat tushunchasi, uning tuzilishi va, belgilari atroflicha oʻrganilgan. Ijtimoiy xavfli harakatning jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida eʼtirof etilishi va u haqida jinoyat huquqi nazariyasi olimlari tomonidan bildirilgan fikrlar, qarashlar yoritilgan. Bundan tashqari, jinoyat huquqi nazariyasida mavjud konsepsiyalar asosida ijtimoiy xavfli harakatning ifodalanishi va ularning oʻziga xos xususiyatlari ketma-ket tavsiflab berilgan. Shu bilan birga, jinoyat tarkibining zaruriy belgisi boʻlgan ijtimoiy xavfli harakat tushunchasi ishlab chiqilishida zamonaviy jinoyat huquqi nazariyasining umumiy va maxsus belgilarining oʻziga xos ahamiyati bayon qilingan. Jumladan, ushbu maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Deduksiya metodi asosida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi boʻlgan ijtimoiy xavfli harakatning tabiati, tuzilishi va belgilari tadqiq etilgan hamda u toʻgʻrisidagi jinoyat huquqida mavjud nazariy-ilmiy qarashlar oʻz aksini topgan. Shuningdek, asosiy eʼtibor jinoyat tarkibining zaruriy belgisi boʻlgan ijtimoiy xavfli harakat tushunchasi, tabiati, belgilari va tuzilishi, shu bilan birga, ijtimoiy xavfli harakatning oʻziga xos jinoyat-huquqiy ahamiyati hamda u bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarga qaratilgan. Jinoyat huquqi doktrinasi va unda mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil etilib, bu borada asosli nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat tarkibi, zaruriy belgi, ijtimoiy xavfli harakat, umumiy belgi, maxsus belgi, obyektiv qonuniyatlar, jinoyat-huquqiy ahamiyati.
Iqtibos uchun
For citation: