O‘ZBEKISTON VA QOZOG‘ISTONDA MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARINING INTERNET RESURSLARINI YURITISH BO‘YICHA HUQUQIY MASALALARI
Kuatbek Gulnar Kuatbekovna
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston va Qozog‘istonda mahalliy hokimiyat vakillik organlarining internet resurslarini yuritish, ular faoliyatining ochiqligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan. O‘rganishlar natijasida ayrim mahalliy hokimiyat vakillik organlarining veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan barcha ma’lumotlar, jumladan, ularning majlislari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emasligi, yig‘ilishlar translyatsiyasi ta’minlanmagani, ayrim ma’lumotlar yangilanmagani, majlislarni translyatsiya qilish uchun ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalanilmayotgani aniqlandi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatini ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda tasdiqlash zarurligi faraz qilindi. Milliy qonunchilikdagi tegishli normalarning mazmuni, atamalar talqini va xorijiy mamlakatlar tajribasi farazni tasdiqladi. Muallif mahalliy hokimiyat vakillik organlarining veb-saytlarida joylashtirilgan ma’lumotlar ro’yxatiga mahalliy hokimiyat vakillik organlari rahbarlarining, doimiy komissiyalar raislarining va deputatlarning rasmiy nutqlari hamda rasmiy bayonotlari, xabarlari, aholini xabardor qilishga qaratilgan matbuot relizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, mahalliy hokimiyat vakillik organlari va ularning ishchi organlarining yig‘ilishlari, ochiq majlislari bayonnomalari, ushbu organlar va ularning doimiy komissiyalari hamda deputatlari faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar, ma’lumotlarni eshitish natijalarini kiritishni taklif qildi.
Kalit so'zlar
Internet, veb-sayt, axborot, ochiqlik, efir, faoliyat, komissiya, deputat.
Iqtibos uchun
For citation: