FUQAROLARNING SOLIQQA OID KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARINI TAʼMINLASHDA SOLIQ MASLAHATI INSTITUTINING OʻRNI VA AHAMIYATI
Yuldoshbekov Avazbek Alisher oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlat oʻz funksiyalarini bajarishi uchun kerakli boʻlgan moliyaviy mablagʻlarni shakllantirishning soliqlardan boshqa koʻrinishi jahon amaliyotida qoʻllanmagan. Bundan kelib chiqadiki, hukmron boʻgʻin sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qilaveradi. Shuningdek, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat boʻlib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarning iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi. Soliqlar istalgan davlat budjetini toʻldirishning asosiy manbalaridan biri boʻlib, davlat iqtisodiy barkamolligining yuqori darajasi, odatda, soliq qonunchiligining koʻp qirrali ekanligi bilan xususiyatlidir. Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, soliq subyektlari tomonidan soliq mexanizmlaridan turli xil maqsad va vazifalar ilinjida foydalanishga urinishlar bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Mazkur maqolada fuqarolarning soliqqa oid konstitutsiyaviy burchlarini taʼminlashda soliq maslahati institutining oʻrni va ahamiyatiga doir masalalar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
konstitutsiya, soliq burchi, konstitutsiyaviy burch, soliq maslahati, soliq maslahatchisi, moliyaviy savodxonlik, soliq munosabatlari.
Iqtibos uchun
For citation: