KONSTITUTSIYANING TOʻGʻRIDAN TOʻGʻRI AMAL QILISHI TUSHUNCHASINING YURIDIK TAHLILI

Abdullayeva Maftuna Murot qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik kuchi masalasi koʻrib chiqiladi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi uni boshqa hujjatlardan ajratib turadigan alohida huquqiy xususiyatdir. Bu Konstitutsiya normalari boshqa qonunlardan, asosan ijro hokimiyati hujjatlaridan hamisha ustun ekanligidadir; qonunlar va qonunosti hujjatlari Konstitutsiyada nazarda tutilgan organlar tomonidan va unda belgilangan tartibda qabul qilinishi kerak; agar qonun Konstitutsiyaga zid boʻlsa, u bekor qilinadi yoki unga muvofiqlashtiriladi. Mamlakatimizning asosiy qonuni oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllanadi. Aynan mana shu qoida konstitutsiyaviy normalardan haqiqiy huquqiy qoʻllash uchun foydalanish mumkinligini koʻrsatadi. Konstitutsiyaning bevosita taʼsiri – huquqiy munosabatlarni bevosita tartibga solish va sudlarda ishlarni konstitutsiyaviy qoidalar va normalar asosida hal qilish qobiliyatidir. Zamonaviy voqelik sharoitida har qanday konstitutsiya bitta muhim xususiyatga – toʻgʻridan toʻgʻri kuchga ega boʻlishi kerak.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya, qonun ustuvorligi, oliy yuridik kuch, toʻgʻridan toʻgʻri amal qilish, normativ-huquqiy hujjatlar, Konstitutsiyaviy sud, konstitutsiyaviy muhofaza
Iqtibos uchun
For citation: