YANGILANGAN BOSH QOMUSIMIZDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI ENG OLIY QADRIYAT SIFATIDA

Azimov Hakimali Imomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi professori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi mamlakatimiz tarixida, xalqimiz hayotida ahamiyatga molik voqea boʻlganligiga atroflicha eʼtibor qaratilgan. Inson qadrini ulugʻlash va uni yangi bosqichga olib chiqish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulugʻvor va buyuk ishlar uchun xalqimizga har tomonlama munosib boʻlgan yangi Konstitutsiyamiz barchamizga faxr va iftixor bagʻishlaydi. Insonlarning hayotdan rozi boʻlib, ertangi kunga boʻlgan ishonchining mustahkam qaror topishi inson qadr-qimmatini ulugʻlaydigan qonunlarning jamiyatda mavjudligi va uning amal qilishi bilan xarakterlanadi. Shuni alohida qayd etish joizki, yangi qabul qilingan Bosh Qomusimiz huquqiy demokratik davlat talablari va mezonlari, shuningdek, xalqaro andozalarga toʻla-toʻkis mos keladi va bu xususdagi fikr-mulohazalar manba va materiallar asosida yoritilgan. Yangilangan Konstitutsiyamizda huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlari, xalqimizning boy tarixi, madaniyati hamda milliy urf-odatlari, an’analari eʼtirof etilganligi ahamiyatga molikdir. Bu haqda ham bir qator materiallar jalb etilgan.
Kalit so'zlar
yangilangan Konstitutsiya, davlat boshqaruvi, referendum, “ijtimoiy davlat”, inson qadr-qimmati, milliy davlatchiligimiz, xalqaro huquq, advokatura instituti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati.
Iqtibos uchun
For citation: